09:05 / 08.11.2016
9081

8 noyabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

7 noyabr tuni va 8 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

OAV: Obama saylovlardan keyin FQB rahbarini o‘z lavozimidan bo‘shatmoqchi

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Barak Obama prezidentlik saylovlaridan keyin Federal qidiruvlar byurosi rahbari Jyeyms Komini ishdan bo‘shatmoqchi. Batafsil>>>

Rossiya va Tojikiston aviaaloqani davom ettirishga kelishib oldilar

© Flickr/ Alfredo Cottin

Rossiya transport vazirligi va Tojikistonning aviatsiya sohasidagi mutassadilari aviatashuvlar masalasi bo‘yicha muzokaralarni yakunlashdi. Batafsil>>>

Turkiya va AQSh Raqqada o‘zaro harakatlanishga kelishib oldilar

© Ismail Coskun, IHA via AP

Turkiya va AQSh Suriyaning Raqqa shahrini jangarilardan ozod qilish bo‘yicha birgalikdagi rejani kelishib oldilar. Batafsil>>>

Xitoyliklar eng zamonaviy kemalarga qarshi raketani namoyish qilishdi

 © casic.cn

Xitoyda tovush tezligidan yuqoriroq tezlikka erisha oladigan kemalarga qarshi dunyodagi uchinchi raketa Xitoydagi ko‘rgazmada namoyish qilindi. Batafsil>>>

Obama Xillari Klintonga ovoz berganini ma'lum qildi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Barak Obama saylovchilarga AQSh prezidentligi saylovlarida Xillari Klintonga ovoz berganini ma'lum qildi. Batafsil>>>

Dunyodagi birinchi muzyorar tanker Arktikaga sinovdan o‘tish uchun yo‘l oladi

© BEST ENERGY Ltd

Suyultirilgan tabiiy gazni tashish uchun mo‘ljallangan dunyodagi birinchi muzyorar tanker 8 noyabrda Janubiy Koreyadan Shimoliy muz okeaniga sinovdan o‘tish uchun yo‘l oladi. Batafsil>>>

Somalida qurolli to‘qnashuv oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP

Somalining markaziy qismidagi Galkayo shahrida qurolli guruhlar o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqishi oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi va 50 nafardan ortiq kishi jarohatlandi. Batafsil>>>

Davlat to‘ntarishiga urinishda ayblangan qozog‘istonlik tadbirkorga hukm o‘qildi

Foto: Tengrinews

Ostona sudi tadbirkor Toxtar Tuleshovni davlat to‘ntarishini tashkil etishda aybdor deb topib, 21 yilga ozodlikdan mahrum etishga qaror qildi. Batafsil>>>

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtati qarzini to‘lay olmayapti

Foto: Reuters

Braziliya hukumati Rio-de-Janeyro shtatining bank hisob raqamlarini muzlatib qo‘yishga qaror qildi. Batafsil>>>

Ilon samolyot yo‘lovchilarini qo‘rqitib yubordi

Youtube`dan lavha

Meksikada samolyot yo‘lovchilarini noma'lum sabablarga ko‘ra samolyot bortida erkin yurgan ilon qo‘rqitib yubordi. Batafsil + Video >>>.

Amerikalik zoologlar uch yangi qush turini aniqlashdi

Foto: 360tv.ru

Amerikalik zoologlar Afrikada biryo‘la uch yangi qush turini aniqlashdi. Batafsil>>>

Qozog‘istonda Ravon avtomobillari yig‘iladi

Arxiv surat

Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Askar Mamin 7 noyabrda bir necha ishlab chiqarish obektlariga tashrif buyurdi. Batafsil>>>

Xitoylik Nyurburgring trassasida mashinaning ikki g‘ildiragida yurish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Foto: motor.ru

Xitoylik kaskadyor Xanyu Yue Germaniyadagi Nyurburgring trassasini mashinaning ikki g‘ildiragida bir marta to‘liq aylanib chiqib, trassa rekordini o‘rnatdi. Batafsil + Video >>>

Meksikalik futbolchi unga qizil kartochka ko‘rsatgan hakamni o‘ldirdi

Illyustrativ surat

Meksikaning Tulansingo shahrida 6 noyabrda havaskorlik klublarining uchrashuvi vaqtida futbolchi Ruben Rivera Vaskes 59 yoshli hakam Viktor Trexoni unga qizil kartochka ko‘rsatgani uchun o‘ldirib qo‘ydi. Batafsil>>>

Top