Amerikalik zoologlar Afrikada biryöla uç yangi quş turini aniqlaşdi. Bu haqida Systematics and Biodiversity jurnalida çop etilgan maqolada ma'lum qilindi. 

Manbaga köra, quşlarning yangi turlari Texasdagi A&M universiteti professori, Gari Uolker boşçiligidagi ekspeditsiya çoğida aniqlangan.

"Bu uç turning kaşf qilinişi - Afrotropik örmonlarida (Afrikaning Saxara janubi tomon biogeografik mintaqasi) qança köp noma'lum jonzotlar borligiga misol böla oladi", - deydi muallif. 

Olimlarning sözlariga köra, ikki yangi quş örmonlarda, yana biri esa - Kongo havzasidan topilgan. Ekspeditsiya a'zolari birinçi topilgan ikki quşning bir-biriga öxşaşi hamda tabiiy tösiqlar bilan çeklanmagan yonma-yon muhitlarda yaşaşiga e'tibor qaratişgan.