Meksikaning Tulansingo şahrida 6 noyabrda havaskorlik klublarining uçraşuvi vaqtida futbolçi Ruben Rivera Vaskes 59 yoşli hakam Viktor Trexoni unga qizil kartoçka körsatgani uçun öldirib qöydi.

Goal.com portali ma'lumotlariga köra, Vaskes ikki klub futbolçilari örtasida çiqqan janjalda faol iştirok etgani uçun qizil kartoçka olgan. Bundan darğazab bölgan futbolçi hakam yoniga kelib, uning yuziga boşi bilan zarba bergan. Şundan keyin hakam yiqilib tuşgan.

Şifokorlar hakamga uning şunçaki boşi aylanib ketdi deb öylab, darhol yordam körsatişni boşlaşgan. Biroq hakam heç qanday tiriklik alomatlarini namoyon qilmagan. Ma'lum qilinişiça, futbolçi voqea joyidan qoçib ketgan va hozirda politsiya tomonidan qidirilmoqda.