Turkiya va AQŞ Suriyaning Raqqa şahrini jangarilardan ozod qiliş böyiça birgalikdagi rejani kelişib oldilar. Bu haqda AQŞ qurolli kuçlari generali Jozef Danfordga iqtibos keltirgan holda CNN Turk xabar bermoqda.  

"Turkiya va AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya Raqqani ozod qiliş, uni uşlab turiş va boşqariş böyiça uzoq muddatli rejani amalga oşiradi", deb aytgan general.

Ta'kidlanişiça, Danford 6 noyabrda Ankaraga taşrif buyurib, u yerda turkiyalik hamkasbi, Turkiya qurolli kuçlari boş ştabi boşliği Xulusi Akar bilan uçraşgan. Muzokaralar vaqtida Raqqani ozod qiliş böyiça operatsiya boşlangandan keyin undagi vaziyat muhokama qilingan.  

"Suriya demokratik kuçlari" qurolli koalitsiyasi AQŞ harbiy-havo kuçlari kömagida 6 noyabrda IŞID jangarilarining Suriyadagi poytaxti bölgan Raqqani ozod qiliş böyiça operatsiya boşlaşdi. Turkiya avval bu operatsiyada kurd kuçlarining iştirok etişiga keskin qarşi çiqqandi. "Suriya demokratik kuçlari"ning negizini aynan kurd tuzilmalari taşkil qiladi.