AQŞ Davlat departamentining rasmiy vakili Mark Tonerning aytişiça, Qöşma Ştatlarning Rossiyaga nisbatan qöllagan sanksiyalari Qrim yarimoroli Ukrainaga qaytarilmaguniça, öz kuçida qoladi. Bu haqda “Ukrinform” xabar bermoqda.

«Bu ma'muriyat davrida bizning pozitsiyamiz özgarişsiz, öz kuçida qoladi. Qrimga nisbatan qöllanilgan sanksiya Rossiya u yerdan qöşinini olib çiqmagunça va yarimorolni Ukrainaga qaytarmagunça öz kuçida qoladi», — dedi u.

Uning sözlariga köra, ayni damda «Minsk-2» jarayoni kuzatilmoqda.