Ğarb OAVda AQŞ prezidentligi saylovlarida iştirok etgan Xillari Klinton saylovda mağlub bölgandan keyin haqiqiy jazavaga tuşgani haqida materiallar paydo böldi.

Jumladan, The American Spectator öz manbalariga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilişiça, Klinton mağlub bölganini bilgaç, yon-atrofidagilarga baqirgan, beadab gaplar aytib sökingan, mebellarni vayron qilgan va öz yordamçilariga narsalar uloqtirgan. Ta'kidlanişiça, "ğazab otiga mingan" Klinton bir neça soatdan keyingina özini bosa olgan.