Germaniya çempionati 11 turiga kelib tarixda kuzatilmagan voqea sodir böldi. Bundesliga tarixida ilk marta mavsum debyutanti turnir jadvalining eng yuqori poğonasidan örin oldi.

Juda katta investitsiyalar evaziga moliyalaştirilayotgan «Red Bull Leyptsig» jamoasi bu işni qoyilmaqom tarzda uddaladi. Leverkuzenda «Bayyer» mehmoni bölgan jamoa haqiqiy çempionlarga xos iroda namoyiş etdi. Uçraşuv biz kutgan işonçni oqladi. Ikki marta hisobda ortda borişiga qaramay Ralf Xazenxyuttl şogirdlari oxir-oqibat ğalabani öz tomoniga oğdirişga muvaffaq böldi. Öyin qahramoni Şvetsiya terma jamoasi hujumçi Forsberg böldi. Uning bittasi goli va ikkita golli uzatmasi (avtogol deb hisoblangani uçun, Forsbergning birinçi goldagi pasi statistikalardan örin olmagan) jamoasiga eng kamida bir kunga bundesliganing eng yuqori qismidan joy olişiga yordam berdi. 11 turdan keyin jamoa hisobida 27 oçko mavjud. 

Bugun «Bavariya» Dortmundda mehmon böladi. Agar uşbu uçraşuvda myunxenliklar ğalaba qozona olmasa, «Leyptsig» 11-turdan keyin tölaqonli peşqadamga aylanadi. 

Bundesliga, 11-tur

Bayyer – RB Leyptsig 2:3 (2:1)
Gollar: 1:0 – 1 Kampl, 1:1 – 4, avtogol Baumgartlinger, 2:1 – 45 Brandt, 2:2 – 67 Forsberg, 2:3 – 81 Orban.
Bayyer: Leno, Toprak, Ta, Vendell, Xenrixs, Arangis, Baumgartlinger (Xavertts, 82), Çalxanoglu (Folland, 64), Kampl, Brandt, Mexmedi (Ernandes, 74).
RB Leyptsig: Gulaçi, Orban, Kompper (Şmitts, 30), Xalstenberg, Keyta, Ilzanker, Demme, Zabittser, Forsberg (Kayzer, 90), Verner, Poulsen (Berk, 64).

 

Manba: tribuna.uz