Germaniya çempionatining 1-turida Dortmundning «Borussiya» klubi «RB Leyptsig»ni qabul qildi. «Signal Iduna Park» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining yirik hisobdagi ğalabasi bilan yakunlandi - 4:1.

Öyinning 1-daqiqasidayoq Jan-Kevin Ogusten mehmonlarni oldinga olib çiqqandi, ammo maydon egalari birinçi bölimning özida vaziyatni önglaşga erişişdi. «Borussiya» safida Maxmud Daud, Aksel Vitsel va Marko Roys gollarga mualliflik qilişdi, yana bir golni «RB Leyptsig» yarimhimoyaçisi Marsel Zabittser öz jamoasi darvozasiga yöllab qöydi.

Keyingi turda «Borussiya» «Hannover» mehmoni böladi (31 avgust), «RB Leyptsig» esa öz maydonida «Fortuna»ni qabul qiladi (2 sentabr).

Tur doirasida bugun ötkazilgan yana bir uçraşuvda «Maynts» «Ştutgart»ni qabul qilib, kiçik hisobdagi ğalabaga erişdi. «Opel-Arena – Kofas-Arena» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 1:0 hisobdagi ğalabasi bilan tugadi.

Öyindagi yagona gol 76-daqiqada Entoni Udja tomonidan urildi, u Robin Kaysonning pasini golga aylantirdi.

Germaniya çempionatining ötgan mavsumida «Ştutgarg» yettinçi, «Maynts» — 14-örinni egallagandi.

Keyingi turda «Maynts» «Nyurnberg» mehmoni böladi, «Ştutgart» öz maydonida «Bavariya»ga qarşi öynadi. Ikki uçraşuv ham 1 sentabr kuniga belgilangan.

Germaniya çempionati
1-tur
Borussiya D – RB Leyptsig 4:1 (3:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 1 Ogyusten, 1:1 – 21 Daud, 2:1 – 40, avtogol Zabittser, 3:1 – 43 Vittsel, 4:1 – 90 Roys.
Borussiya D – Byurki, Akandji, Şmeltser (Gerreyru, 87), Pişçek, Diallo, Dileyni, Vittsel, Daud, Pulişiç (Sanço, 77), Roys, Filipp (Volf, 70).
RB Leyptsig – Gulaçi, Upamekano, Konate, Klostermann, Sarakki, Zabittser (Verner, 46), Demme (Bruma, 85), Kampl, Forsberg, Poulsen, Ogyusten (Mateus Kunya, 72).
Ogohlantirişlar: Upamekano (7), Sarakki (23), Diallo (68), Daud (75).

Maynts – Ştutgart 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 76 Udja.
Maynts – Myuller, Bell, Aaron Martin, Brosinski, Nyaxate, Gbamen (Kunde, 42), Baku, Xoltmann (Onisivo, 89), De Blasis, Kvayson, Mateta (Udja, 67).