Haftaning markaziy uçraşuvi sifatida kutilgan Madrid şahrining «Real» va «Atletiko» jamoalari örtasidagi derbi kutilmagan natija bilan yakunlandi. «Tribuna.uz» sayti bu öyinni tahlil qildi.
«Atletiko»ni çempionatda yuta olmayotganimizni eslatganingiz uçun rahmat. Bu safar mazkur an'anaga barham berişga tayyormiz», degandi öyindan oldin madridliklar boş murabbiyi Zinedin Zidan.
U haq bölib çiqdi. «Visente Kalderon»dagi sönggi (Ispaniya çempionatida – aniq sönggi) Madrid derbisida «Real» raqibini tom ma'noda tor-mor keltirdi. Zidan Diyego Simeonega La-Ligada ham uni mağlubiyatga uçrata olişini isbotlay oldi.
Balki bu Zidanning murabbiylik faoliyatidagi eng yaxşi öyinidir. Balki bu Diyego Simeonening «Atletiko»dagi ertagi asta-sekin nihoyasiga yetib borayotganini isbotlab bergan öyindir. Bir söz bilan aytganda «Real» bu keça hamşaharlaridan har jabhada ustun ekanini körsata oldi.
Stefan Saviçning birinçi bölim örtalarida işlatgan qöpolligini «Atletiko»ning haqiqiy bir tizimli öyini deya oqlaş mumkin. Agar jarima maydoni yaqinida böş hududda raqib futbolçisi seni ortda qoldirib ketayotgan bölsa, uni ikkilanmasdan qoidani buzib bölsada töxtatib qoliş şart. Diyego Simeonening Madrid klubida yozgan «axloq qoidalari» kitobida şunday qayd qilingan. Bu jamoa tizimining bir qismi edi. Saviç öz jarima maydonidan yetarliça uzoqlikda bu işni amalga oşirdi. Biroq bu keça «Atletiko»ning tizimi işlaydigan kun emasdi. Jarima töplaridan foydalaniş borasida turli latifalarning qahramoni bölib kelayotgan Kriştianu Ronaldu bu safar ham zarbani qoyillatib tepa olgani yöq. Ammo rikoşet natijasida Oblak bu safar darvozaga kirişni istagan töp qarşisida ojiz qoldi. Vaziyat bu keça Kriştianu keçasi ekanini isbotlagandi.

Yaxşilab e'tibor berib qarasangiz barçasi oddiy körinadi. Birinçi gol rikoşet natijasida, ikkinçi gol beçora Saviçning xatosi va Ronalduning ajoyib artistik mahorati evaziga işlangan penalti hosilasi. Uçinçisi vabankdan keyin markazi zaiflaşib qolgan mezbonlarning qarşi hujumda jazolanişidan söng yuzaga keldi. Aslida Zidanning bu öyin uçun işlab çiqqan tizimi aynan kerakli paytda, kerakli epizodlarda raqibni mağlub etişdan iborat bölganini isbotlaydi. Markazda Toni Kroosning yöqotilişi natijasida «Real» köproq qanotlardan, uzun paslar evaziga vaziyatlar yaratişga majbur böldi. Diyego Simeone kelganidan buyon «Atletiko»ga muvaffaqiyat keltirayotgan mazkur uslubni Zidan raqibning öziga kontr-taktika sifatida foydalandi. Raqib, raqibning uslubida kutib olindi. Raqib raqibning uslubida mağlub etildi. Simeone markaziy hujumçisiz va Ronaldu deb nomlangan kiçik bir, qisqa muddatli tizim oldida mağlubiyatga uçradi. Tom ma'noda yutqazdi.
Kroos, Ramos, Pepe, Morata, Benzema, Kazemiro – asosiy tarkibda öynaşi mumkin bölgan 6 nafar futbolçisiz ham Zidan aniq öyinga tanlangan aniq taktika bilan közlangan maqsadga yeta oliş mumkinligini körsatdi. Naço markaziy himoyaçi sifatida faoliyatidagi eng yaxşi öyinlaridan birini ötkazdi. Sof tayanç yarimhimoyaçisiz qolgan jamoani himoya va yarimhimoya bilan boğlaşda Varan (xatolarga yöl qöyganiga qaramay) ham yomon taassurot qoldirmadi. «Atletiko»da esa jamoa öyinini hal qilib berişi lozim bölgan futbolçilar öz öyinini körsata olmadi. Koke Ronaldu bilan yuzaga keltirgan janjali bilangina yodda qoldi. Antuan Grizmann esa jamoasining ikkita ketma-ket uyuştirgan hujumlarini kökka sovurişdan boşqasini eplay olmagani — uning jarohatdan söng yaxşi sport formasiga kira olmaganini yaqqol körsatib berdi. Ikkinçi gol kiritilgan vaziyatdayoq ma'lum böldiki — bu keçadagi öyin intrigasi ölgandi.

Bu uçraşuv köproq bitta jamoaning ğalabasi bilan emas, boşqa jamoaning mağlubiyatiga öxşadi. Ikkinçi bölim boşida nimalarnidir urinişga uringan mezbonlar qolgan vaqtlarda «Real»ning tizimli va jamoaviy bölib, reja asosida, kerakli epizodlar evaziga ğalabani tortib olişiga guvoh sifatida qaraab turişga majbur bölişdi xolos. Zidan esa optimal bölmagan tarkib bilan ham kerakli vaziyatda kerakli kuçni qöşa olişi mumkinligini isbotladi. Isko yoki Vaskesni «Real»ning asosiy tarkib futbolçilari deb bölmaydi. Biroq bu keça yuqoridagi ikki futbolçi ham asosiy tarkibga yöqotişlar sabab emas, aynan özlarining munosibliklari uçun tuşgandek taassurot uyğota oldi.

Uçraşuv haqida aytiş mumkin bölgan yana bir gap bu — Ronaldu. Yevropa çempionlar ligasi va Yevropa çempionatidagi ğalabadan keyin Kriştianu taqvim yilidagi yana bir muhim – asosiy raqiblaridan biri ustidan qozonilgan (qozonilganda ham aynan Ronalduning xet-triki evaziga) munosib ğalabani ham qöşib qöydi. Bu Kriş uçun fantastik tarzda keçgan yil uçun qöyilgan yana bir qalin undov belgisi böldi!
Portugaliyalik futbolçi atrofida qanday gap yurmasin, qanday munosabatlar bildirilmasin, öyindan keyin Zidan aytganidek Kriştianu «Oltin töp» sovrini uçun intrigaga batamom nuqta qöydi. Qalin nuqta.
U uçinçi golni kiritarkan, kamera qarşisiga yaqin kelib, endi «Oltin töp» olişimni şunaqa tomoşa qilib ötirasiz», degandek işora bilan bu mavzuga şunday yakun yasadi.













