Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Vitaliy Mutko JÇ-2018 öyinlarining televizion translyatsiyalarini sotib oliş muammolari haqida gapirib ötdi.

– Bizda jahon çempionati öyinlarini translyatsiya qiliş narxi bir paytlari bölgan 32 million dollarni ham heç kim tölay olmaydi. Hozir u 100 mln dollar. Rossiya  Pervyy, Rossiya, Matç TV kabi xoldinglar bölsa ham JÇni namoyiş etiş huquqini sotib ololgani yöq. Narx juda baland. Hattoki bitta nol qöşilgan desa ham böladi.

– Rossiya translyatsiyalarsiz qolib ketişi mumkinligidan qörqmaysizmi?

– Biz FIFA bilan bitta bitimga kelişişimiz kerak. Ular ham buni yaxşi tuşunadi. Kelgusida qanday bölişini köramiz. Hozir Rossiyada tender davom etmoqda, degan Mutko.