2025 yil 22 iyuldan boşlab 16 yoşdan kiçik bölgan şaxslar YouTubeʼda töğridan töğri translatsiyalar ötkaza olmaydi. Bu haqda YouTube qöllab-quvvatlov markazi xabar berdi.
Qayd etilişiça, 13-15 yoşdagi ösmirlar töğridan töğri efirlarni faqat kattalar iştirokida olib borişi mumkin böladi. Ilgari bunday qoida faqat 13 yoşdan kiçik foydalanuvçilarga nisbatan amal qilgan edi.
YouTube 22 iyuldan söng kattalar nazoratisiz jonli efir ötkazadigan 16 yoşdan kiçik strimerlar çat va boşqa imkoniyatlardan foydalana olmasligi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Videoxosting qoidalarni buzadigan töğridan töğri translatsiyalarni öçiradi va çeklovga tuşgan har qanday akkauntga boşqa kanaldan foydalangan holda strimlar ötkaziş taqiqlanadi. Bu esa oxir-oqibat akkaunt faoliyatining töxtatilişiga olib kelişi mumkin.
Töğridan töğri translatsiya ötkaziş istagida bölgan 16 yoşdan kiçiklar kattalarga öz kanalini tahrirçi, menejer yoki uning egasi sifatida foydalanişga berişi kerak. Bu yoşlarga ularning kanaliga boğliq akkaunt orqali strim boşlaş imkonini beradi. Oldin bu YouTubeʼdagi Live Control Room orqali amalga oşirilgan.












