Isroil sudi çorşanba kuni 16 yoşli falastinlik qizni 13 yarim yilga ozodlikdan mahrum qiliş haqida hukm çiqardi. Daily Sabah naşri şu haqida xabar berdi.
Manbaga köra, Quddus okrug sudi 16 yoşli Nurxon Avvadni ötgan yilning noyabrida piçoq bilan hujum qilganlikda ayblab, 13 yarim yillik qamoq jazosini ötaş hamda 8000 dollar jarima tölaş haqida hukm çiqardi.
"Nurxon hujum uyuştirilgan joyda qölga olingan, amakisining öğli Odil Avvad esa öşa joyning özidayoq politsiya tomonidan otib öldirilgan", - deyiladi manbada.
Falastin rasmiylarining ma'lumotlariga köra, 7000dan ortiq falastinlik, şu jumladan 350 nafar voyaga yetmagan bola bugungi kunda butun Isroil böylab qamoq jazosini ötamoqda.
Yana ikki falastinlik mahbus - 29 yoşli Ahmad Abu Fara va 19 yoşli Anas Şadida Isroil qamoqlaridagi doimiy "ma'muriy uşlab turiliş"dan norozilik belgisi sifatida 60 kunlik oçlik e'lon qilişdi.
Mahbuslar jamiyatida aytilişiça, ularning ahvoli yomonlaşgan. "Oçlik e'lon qilgan ikki falastinlik tibbiy tekşiruvdan ötiş hamda darmondorilar qabul qilişdan boş tortmoqda", - deyiladi xabarda.
Isroilning "ma'muriy uşlab turiliş" siyosatiga köra, mahbuslar bir yil davomida ayblov yoki sudsiz qamoqda saqlanişi mumkin.
Bugungi kunda Isroil qamoqlaridagi 7000 falastinlikdan taxminan 700 nafari ma'muriy tartibda qamoq jazosini ötamoqda.












