Corona brendi asosçisi Antonino Fernandes Ispaniyadagi özi tuğilib ösgan Seresales del Kondado qişloq aholisiga 169 million funtni meros qilib qoldirdi. Biroq, keyinroq qişloq fuqarolari bu ma'lumotni inkor etişdi.

The Telegraph xabarida aytilişiça, vasiyatga köra, qişloqning har bir fuqarosi deyarli ikki million funtdan olişi kerak edi. Brend asosçisining himmati britaniya OAV orasida katta şov-şuvni keltirib çiqardi. 

Ispaniyaning Diario de León naşrining körsatişiça, Fernandesning merosi haqidagi xabar oktabrda paydo bölgan bölib, Britaniya OAVlari tomonidan notöğri talqin qilingan. 

Qişloq fuqarolarining özi esa heç qanday millionlarni olişmagani haqida ma'lum qilişdi. Şu bilan bir qatorda, Corona brendi asosçisi qişloqçada madaniy muassasa va çerkovlar qurib bergan. Şuningdek, tadbirkor qişloqqa iqtisodiyotini qöllab-quvvatlaş uçun kelib turadigan oila a'zolariga ham mablağ qoldirdi.

Ma'lumot uçun, Antonino Fernandes Seresales del Kondadoda 1917 yilda tavallud topgan. 1949 yili Meksikaga köçib ketib, Grupo Modelo pivo işlab çiqariş zavodida mehnat faoliyatini boşlagan. 1971-1997 yillarda esa u kompaniyaga rahbarlik qilib, Corona pivo brendining ommalaşişiga öz hissasini qöşdi.