Turkiyaning Izmir şahri boş prokuraturasi biznesmen Rahmi Koçga nisbatan suriştiruv boşladi. 

«Izmir boş prokuraturasi nomaqbul sözlar aytgan biznesmen R.K.ga nisbatan “aholi vakillarini ijtimoiy, irqiy, diniy, konfessiyasi, jinsi yoki hududiy tafovuti böyiça omma oldida kamsitiş” moddasi böyiça suriştiruv boşlandi», — deyiladi prokuraturaning X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.

Haberler naşrining ma’lumot berişiça, gap Koç Holding faxriy raisi Mustafa Rahmi Koç haqida bormoqda. U Balçova tumanidagi şifoxonaning oçiliş marosimi çoğida kurd ayoli haqida latifa aytgan. 

Uning bu çiqişi aks etgan lavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan hamda ijtimoiy va siyosiy noroziliklarga sabab bölgan. Şundan söng Koç heç kimni haqoratlaş niyatida bölmaganini aytib uzr söragan.

Öşa marosimda qatnaşgan Turkiya sobiq boş vaziri Binali Yildirim ham tanqidlar ostida qolgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari u Koçning sözlariga kulayotganiga e’tibor qaratişgan.

Koç Holding Turkiyadagi eng yirik konglomerat bölib, energetika, avtosanoat, iste’mol mahsulotlari va moliya sohasida faoliyat yuritadi. 

6 iyun holatiga köra, Mustafo Rahmi Koçning boyligi 2,4 mlrd dollarni taşkil etadi. U Forbes milliarderlar röyxatida 1761-örinda qayd etilgan.