Özbek xalqining sevimli şoiri va jamoat arbobi, Özbekiston Qahramoni, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining sobiq rahbari, Özbekiston madhiyasining sözlari muallifi, «Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi» xalqaro ijtimoiy harakatining vitse-prezidenti va Özbekistondagi Intellektual mulk agentligi rahbari – Abdulla Oripov (1941-2016) hayotdan köz yumdi. U litseyimiz tomonidan ötkazilgan köpgina madaniy tadbirlarda iştirok etiş maqsadida bu yerga kelib turar edi. Yagona öğli bizning «Interxaus»imizda ta'lim olgan. Şu sababli, jamoamiz orasida şoirning nomi tez-tez va iliqlik bilan tilga olinadi.
Özbek xalqining buyuk farzandi, Özbekiston Respublikasining birinçi prezidenti Islom Karimov 2001 yilda Abdulla Oripovning 60 yillik töyi munosabati bilan qutlab, şunday degan edi: «Hozirgi kunda xalqimiz, 500 yildan ziyod vaqt ötgan bölişiga qaramay, Hazrati Alişer Navoiyni qalbida saqlaganidek, Sizni ham, azizim Abdullajon, asrlar oşa unutmaydilar…».
Abdulla Oripovning ijodi va ijtimoiy faoliyati töğrisida özbekistonliklar köp ma'lumotga ega. Biroq Abdulla akaning xalqaro maydondagi ulkan xizmatlarini köpçilik tanimaydi: 1995 yilda Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati vakillarining Birinçi Qurultoyiga delegat, 4 yildan söng esa rahbari etib saylandi. Özbekiston Respublikasining birinçi Prezidenti I.A.Karimov taşabbusi bilan hamda qardoş davlatlar Prezidentlarining qöllab – quvvatlaşi, şuningdek, madaniyat arboblarining faol iştirokiga binoan, 1995 yilning 21-22 noyabr kunlarida Toşkent şahridagi «Turkiston» sa'nat saroyida «Turkiston - umumiy uyimiz» şiori ostida, mustaqil davlatlar milliy madaniyatini özaro rivojlantiriş va integratsiyalaştirişga qaratilgan kuçli qurol yaratildi.
N.A. Nazarbayev, A.A.Akayev, E.Ş. Rahmonov va I.A.Karimov Örta Osiyo va Qozoğiston xalqlarining atoqli madaniyat arboblari forumi işida iştirok etişlari uçun har bir mamlakatdan 50 nafardan vakil yuborişdi. Qurultoyning oçiliş marosimida Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston Prezidentlarining Birinçi Qurultoy qatnaşçilariga jönatgan salom sözlari öqib eşittirildi.
Toşkent şahri - «Assambleya»ning Boş qarorgohi deb qabul qilindi, butun dunyoga maşhur qirğiz yozuvçisi Çingiz Aytmatov – «Assambleya»ning Prezidenti etib tayinlandi. Bundan taşqari, Boş qarorgohda faoliyat yuritişi uçun 2 nafar birinçi vitse-prezident, har bir mamlakatda «Assambleya» filiali boşqaruvçisi sifatida 1 nafardan vitse-prezident saylandi, Boş Kengaş (20 nafar a'zodan iborat) va Reviziya kommisiyasi (5 nafar a'zodan iborat) taşkil qilindi.





















