Qamçiq dovonida Hyundai avtomobili xandaqqa qulab tuşdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berişiça, haydovçi A373 avtomobil yölining «Toşkent—Vodiy» yönalişida harakatlanib kelayotgan bölgan. U boşqaruvni yöqotib, yöl çetidagi tösiqqa urilgan va uni kesib ötib xandaqqa tuşib ketgan.

Bu haqida «Qamçiq» maxsus-qidiruv, yonğin-qutqaruv boşqarmasiga xabar kelib tuşganidan söng qutqaruv otryadi zudlik bilan voqea joyiga borgan va haydovçini qutqarib olgan. Söng maxsus texnikalar yordamida avtomobil xandaqdan olib çiqilgan.

Ta’kidlanişiça, avtomobilda haydovçidan boşqa heç bölmagan va u jarohat olmagan.