Özbekistonda 2016 yil 4-dekabr kuni bölib ötgan saylovda Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro taşkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligi rasmiy saytining xabar berişiça, AQŞ prezidenti Barak Obama ham Şavkat Mirziyoyevni tabriklab telegramma jönatgan.
Unda aytilişiça, Şavkat Mirziyoyevning Prezident etib saylangani Özbekiston uçun muhim davrni boşlab berdi.
Barak Obama Mirziyoyevni mintaqada hamkorlikni rivojlantiriş hamda xalqaro munosabatlarda muvozanatni saqlaşga qaratayotgan alohida e'tiborini qöllab-quvvatlaşini aytib ötgan. “Şuningdek, Prezident vazifasini bajaruvçi sifatida muhim sohalarda, şu jumladan, iqtisodiyot va qonun ustuvorligi sohalarida Siz boşlagan işlarni katta mamnuniyat bilan qayd etaman”, - deyiladi tabrik telegrammasida.
AQŞ prezidenti Özbekiston hukumati bilan örnatilgan hamkorlikni yanada rivojlantirişdan manfaatdor ekani hamda uşbu aloqalarni yanada çuqurlaştiriş uçun yangi imkoniyatlarni işga solişini ta'kidlab ötgan.












