Isroil hukumati BMT Xavfsizlik kengaşining Isroildan Falastin hududlarida quriliş olib borişni töxtatiş talab qilingan rezolyutsiyasini qöllab-quvvatlagan davlatlar bilan aloqalarni çekladi. Bu haqda Isroil rahbariyatidagi mansabdor şaxslarga iqtibos keltirgan holda CNN xabar bermoqda.    

Tel-Aviv aloqalarni vaqtinçalik çeklamoqçi bölgan davlatlar orasida Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Yaponiya, Ukraina, Angola, Misr, Urugvay, Ispaniya, Senegal va Yangi Zelandiya bor. Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu bu davlatlar taşqi işlar vazirlari bilan uçraşmaydi, ularning elçilari Tel-Avivda qabul qilinmaydi.

23 dekabrda BMT Xavfsizlik kengaşi Isroildan Falastin hududlarida quriliş olib borişni töxtatiş talab qilingan 2334-rezolyutsiyani qabul qilgandi. Hujjatni Xavfsizlik kengaşining AQŞdan boşqa barça a'zolari qöllab-quvvatlagan. AQŞ betaraf qolgan. 5 yil avval şunday rezolyutsiya körilganda Vaşington unga taqiqlov qöygandi. Tel-Aviv BMT Xavfsizlik kengaşi qarorini bajarişdan boş tortmoqda.

Iordan daryosining ğarbiy qirğoği Isroil tomonidan 1967 yildagi Olti kunlik uruş davomida bosib olingan. BMT bu hududlarda yahudiy aholi punktlarining mavjudligini noqonuniy va xalqaro qonunçilikka zid keluvçi deb hisoblaydi.