Isroil 2016 yilda Iordan daryosining Ğarbiy sohilida bosib olgan yerlarida rekord sondagi falastinliklar uyini buzib taşladi. Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi ma'lum qildi.
"BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi tomonidan töplangan dastlabki ma'lumotlar tahlili 2016 yil davomida (28 dekabrgaça) Isroil hukumati Ğarbiy sohil, jumladan Şarqiy Quddusdagi falastinliklar tegişli bölgan 1089 inşootni buzib taşlagan yoki bosib olgan, buning oqibatida 1593 falastinlik boşqa joyga köçib ötişga majbur bölgan", deyildi hisobotda. Boşqarmada buzilgan uylar va boşpanasiz qolgan odamlar soni BMT bunday statistikani olib borişni boşlagan 2009 yildan beri rekord sonda bölgani ma'lum qilindi.












