Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya politsiyasi Istanbul terakti ijrochisini topa olmayapti
Foto: AFP
Turkiyada Istanbul teraktiga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olinganlar tergov qilinganida, ular orasida tungi klubga hujum qilgan shaxs yo‘qligi oydinlashdi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, qo‘lga olingan 8 kishi bosh boshqarmaga olib borilib, so‘roq qilingan.
1 yanvarga o‘tar kechasi Istanbulning Yevropadagi qismida joylashgan Reina nomli tungi klubiga Kalashnikov avtomati bilan qurollangan shaxs bayramga yig‘ilgan kishilarni o‘qqa tutdi. Natijada 39 kishi halok bo‘ldi va 69 kishi jarohatlandi. Qurbonlarning 24 nafari xorijlik edi.
Avvaliga terrorchi politsiya tomonidan yo‘q qilingani aytildi. Ammo bu ma'lumot tasdiqlanmadi. Hozir u qidiruvda.
IShID ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Foto: Politsiya Istanbuldagi terakt ijrochisi Qirg‘iziston yoki O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganini gumon qilmoqda
Mavzuga oid
11:57 / 13.02.2026
“Istanbul sud tibbiy ekspertizasiga hozircha jasad olib kelinmadi” – Sayyora Ergashaliyevaning vafoti yuzasidan munosabat bildirildi
13:59 / 12.02.2026
Istanbuldagi qotillik ishida yangi holat: yana bir o‘zbekistonlik ayol bedarak yo‘qolgan
10:14 / 31.01.2026
Istanbulda qotillik qurboni bo‘lgan Durdona Hakimovaning jasadi vatanga qaytarildi
19:20 / 27.01.2026