Turkiya politsiyasi Istanbul şahrida 1 yanvar kungi teraktga aloqadorlikda gumon qilib, 8 kişini qölga olgan. Bu haqda CNN Turk xabar tarqatdi.

Istanbulning Yevropadagi qismida joylaşgan Reina nomli tungi klubga 1 yanvarga ötar keçasi Kalaşnikov avtomati bilan qurollangan şaxs hujum qilişi oqibatida 39 kişi halok böldi va 69 kişi jarohatlandi.

Bundan oldingi xabarlarda mahalliy politsiya uşbu terakt Özbekiston fuqarosi tomonidan sodir etilgan bölişi mumkinligi haqida xabar tarqatgandi.

Keyinroq, IŞID uşbu terakt uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi.

Avvaliga terrorçi politsiya tomonidan yöq qilingani aytildi. Ammo bu ma'lumot tasdiqlanmadi. Hozir u qidiruvda.