Xitoy davlat kengaşi AQŞ bilan munosabatlarni muhimlik nuqtai nazaridan birinçi öringa qöydi, Rossiya esa ikkinçi poğona bilan çeklandi. Bu haqda “Xitoyning Osiyo-Tinç okeani mintaqasidagi strategik hamkorligiga oid siyosati” hujjatida aytilgan, deb xabar qilmoqda “Kommersant'”.
Kontseptsiya mualliflarining ta'kidlaşiça, Xitoy va AQŞ örtasidagi munosabatlar “2015 yildan buyon barqaror bölib keldi va hattoki ba'zi bir jihatlarda rivojlandi”. Rossiya esa “eng yirik qöşni, strategik şerik va diplomatik ustuvor mamlakat” bölib qolgan.
Xitoy munosabatlar muhimligi böyiça uçinçi va törtinçi örinlarga Hindiston va Yaponiyani qöydi. Xabar qilinişiça, ular borasida “ança neytral, biroq ijobiy tarzda” fikr bildirilgan.
Xitoy davlat kengaşi tomonidan bunday hujjat tarixda ilk bor çiqarildi. Uning asosiy nizomi – tinç holda hayot keçiriş prinsiplaridan iborat. Osiyo-Tinç okeani mintaqasi mamlakatlariga özaro hamkorlikdagi iqtisodiy rivojlaniş uçun kerakli şaroitlarni yaratiş taklif etilmoqda. Şuningdek, Xitoy özining barça şeriklariga “sovuq uruş” mentalitetidan voz keçiş, bir-birining manfaatlarini hurmat qilişni” taklif qildi.












