AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp Rossiyaga joriy qilingan sanksiyalarni bekor qiliş şartlaridan biri – yadro aslahalari sonini qisqartiriş ekanini ma'lum qildi. U bu haqda The Times gazetasiga bergan intervyusida söz yuritdi. 

Trampning sözlariga köra, sanksiyalarni bekor qiliş böyiça kelişuvlarning bir qismi sifatida yadro qurollari sonini «keskin kamaytiriş» kerak. Uning e'tirof etişiça, çeklovlar sababli «Rossiya juda qiynalmoqda». 

Tramp, şuningdek, Rossiyaning Suriyadagi harbiy harakatlarini ham tanqid qilib, Moskvaning harbiy amaliyotlarini «dahşatli gumanitar vaziyat»ga olib kelgan «juda yomon iş» sifatida baholagan. 

«Boşlanişi uçun, yadro qurollari sonini keskin qisqartiriş, sezilarli kamaytiriş zarur. Bu ehtimoliy kelişuvning bir qismi. Rossiya sanksiyalar tufayli qiynalmoqda, ammo, öylaymanki, nimadir özgarişi mumkin va bu foyda keltiradi», — degan Tramp.

Hujum qurollarini qisqartiriş böyiça şartnomaga amal qilinişi borasidagi sönggi ma'lumotlarga köra, AQŞ jangovar navbatda turgan ballistik raketalar soni böyiça Rossiyadan 681 taga 508 nisbatda oldinda. Ammo, Rossiya raketalari va bombardimonçilari özlarida köproq yadro kallaklarini taşiydi: bu boradagi nisbat 1796 taga 1367, Rossiya foydasiga. 

Şartnomaga köra, 2018 yilda ikkala mamlakat ixtiyorida 700 dan ortiq taşuvçi va 1550 jangovar kallakdan ortiq bölmasligi kerak.