AQŞning yangi ma'muriyatiga yo Rossiya, yo AQŞ razvedkasi pozitsiyasini qöllab-quvvatlaşini aniqlab olişi kerak, deb aytdi Oq uy matbuot kotibi Joş Ernest.  

Jurnalistlar Ernestdan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning AQŞda dalillarni soxtalaştiriş bilan şuğullanuvçilar fohişalardan battaroq degan sözlariga izoh berişni söraşgan.

Oxirgi matbuot-anjumanini ötkazayotgan Ernest bunga javoban AQŞ razvedkasi a'zolari "Rossiya borasida birinçi marta bunday noqulay narsalar gapirmayotganini" aytdi.

"Bu yerda aniq farqlaş bor. Bir tomonda – Amerika razvedkasi a'zolari hamda ruslar bizning demokratiyani şubha ostiga qöyişga intilişda qöllayotgan usullardan xavotirlanayotgan AQŞ kongressi demokratlari va respublikaçilari bor. Boşqa tomonda esa Wikileaks va ruslar. Yangi ma'muriyat esa öz pozitsiyasini aniqlab olişi kerak", deb aytdi Ernest.