AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan munosabatlarni yaxşilay olişiga işonçi komil, sababi “bitimlarga keliş böyiça katta tajribaga ega”. Bu haqda Tramp matbuot kotibi Şon Spayser ma'lum qildi, deb xabar berdi TASS.

“U mamlakatimiz manfaatlarini himoya qiliş uçun qölidan keladigan barça işni qiladi”, - dedi Spayser.

Uning sözlariga köra, bu mamlakatning milliy xavfsizligi va iqtisodiy manfaatlariga ham tegişli.

“Agarda imkoni bölsa, u bizning mamlakat manfaatlariga töla javob beruvçi bitimga erişadi”, - ta'kidlab ötdi prezident matbuot kotibi.

Avvalroq Tramp ma'muriyati Rossiya bilan IŞIDga qarşi birgalikda kuraşişga tayyorligi haqida ham ma'lum qilgandi.