WndrCo kompaniyasi Dreamworks kinostudiyasi asosçilaridan biri Jyeffri Kattsenberg yangi medialoyihalarni moliyalaştiriş uçun 591,5 mln dollar sarmoya ajratdi. Bu haqda Variety WndrCo kompaniyasining AQŞ qimmatli qoğoz va birjalari kommissiyasi (SEC) uçun taqdim etgan hujjatlariga asoslanib xabar beradi.

WndrCo Barri Dillerning media, köngiloçar va sayohat sohasidagi loyihalarga sarmoya kirituvçi IAC kompaniyasiga öxşab işlaşni boşlaydi. Şu örinda, IAC kompaniyasi Vimeo, About.com va CollegeHumor'dagi uluşlarga egalik qiladi.

Moliyalaştiriş bosqiçida 18 sarmoyaçi iştirok etgan, ularning nomi hujjatlarda oşkor etilmagan. Sarmoyalarning eng kam qiymati 25 mln dollarni taşkil etadi. Variety ma'lumotiga köra, WndrCo 700 mln dollardan ortiq mablağ kiritişni rejalaştirgan.

WndrCo Beverli-Xillzda röyxatdan ötgan. Kattsenberg hujjatda WndrCo menejyeri sifatida körsatilgan. Şuningdek, kompaniya xodimlari orasida DreamWorks Animation studiyasining sobiq prezidenti Enn Deyli va Dropbox sobiq moliyaviy rahbari Sudjyey Jyesv ham sanab ötilgan.

1984-1994 yillarda Jyeffri Kattsenberg The Walt Disney Company direktorlar kengaşini boşqargan. 1994 yilda Kattsenberg Stiven Spilberg va Devid Geffen bilan birgalikda DreamWorks SKG kinokompaniyasiga asos soladi. U 2004 yilda alohida kompaniya bölib ajralib çiqqan Dreamworks Animation'ga rahbarlik qilgan.

2016 yilning aprelida Comcast korporatsiyasiga tegişli NBCUniversal kompaniyasi Dreamworks Animation'ni 3,8 mlrd dollar qiymatida özlaştirib oldi. Bitim yakuniga köra, Kattsenberg  AwesomenessTV va Nova medialoyihalarining rivojlanişi bilan şuğullanuvçi DreamWorks New Media nomi ostidagi yangi kompaniyani boşqara boşladi.