Isroil bilan erkin savdoning yölga qöyilişi munosabati bilan turkiyalik işbilarmonlar Falastinning Jyenin şahridagi zavodlarga investitsiya kiritişi mumkin böladi. Ularda tayyorlangan tovarlar ikki mamlakat uçun tarixiy ahamiyatga ega bölgan davrda "Falastinda işlangan" deya belgilanadi. DailySabah naşri şu haqida xabar berdi.
Jyenin erkin sanoat zonasi (ESZ) Turkiyada mintaqaviy ahamiyatga ega bölgan loyiha sari qöyilgan birinçi qadam böladi. Mintaqada işlaş uçun malakali personal izlaşga katta e'tibor qaratilmoqda.
Turk hamkorligi va koordinatsiya agentligi xodimlarni erkin sanoat zonasida işlaşga örgatiş maqsadida professional maktab qurişni rejalaştirmoqda. Jyenin ESZ 10 000-15 000 kişining faoliyat yuritişiga möljallangan böladi. Bu 320 000 aholi yaşovçi Jyenin uçun muhim ahamiyatga ega böladi, zero şahardagi işsizlik körsatkiçlari 28 foizni taşkil qiladi.
Manbada ta'kidlanişiça, "Falastinada işlangan" brendi ostida sotiluvçi mahsulotlar iste'molçilar tomonidan, ayniqsa islom dunyosida katta qiziqiş uyğotişi kutilmoqda.












