Isroil politsiyasi Teva Pharmaceutical Industries’ga nisbatan suriştiruv işlarini olib bormoqda. Yirik farmatsevtika kompaniyasi xorijda amaldorlarni sotib olişda gumon qilinmoqda, deb xabar berdi "Haarets" gazetasi.
Kompaniya va uning Rossiyadagi bölinmasi ötgan yilning oxirida AQŞga suddan taşqari kelişuv asosida bunday ayblovlar böyiça deyarli 520 million dollarni tölab bergandi.
"Isroil tomonidan olib borilayotgan suriştiruv markazida – kompaniya pora beriş va ularni yaşiriş böyiça hujjatlarni soxtalaştirgani oqibatida yuzlab million dollar işlab olgani haqidagi iş bor", - deb yozadi naşr öz nomini oçiqlamagan manbaga asosan.
"Isroil tomoni gumonlariga köra, Rossiya va Meksikadagi pora berişlar mijozlarga çegirmalar taqdim etiş, Ukrainada esa – marketing yoki konsalting xizmatlariga tölov niqobi ostida yaşiringan", - deyiladi maqolada.
Mahalliy politsiya rasmiy vakili bu xabarga izoh bermadi. "Haarets"ning yozişiça, kompaniyaning özi Isroilda xuddi AQŞdagidek suriştiruv olib borilayotganini tasdiqlagan. Öşanda Teva Amerika hukumati bilan suddan taşqari kelişuv yakuniga köra, u bilan boğliq ayblovlar “ötgan davrlarga” tegişli ekani hamda amaldagi faoliyatiga boğliq emasligini ma'lum qilgandi.












