Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 9 fevral kuni içki işlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamçiliklar, istiqboldagi vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda Şavkat Mirziyoyev içki işlar organlari xodimlari faoliyatiga alohida töxtalib ötdi.
“Ötgan yilda 4518 nafar xodim, şundan 966 nafar xodim salbiy sabablarga köra içki işlar idoralaridan böşatilgan. Ularning aksariyati poraxörlik, mansab vakolatini suiste'mol qiliş, mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş kabi jinoyatlarni sodir etgan. Bunday holatlarda aholi orasida içki işlar xodimining obrösini qanday qilib oşiriş mumkin? Qonun himoyaçilarining özi jinoyat sodir etsa, oddiy odam dardini kimga aytişi kerak?”
Yiğilişda öz iş faoliyatida jiddiy xato va nuqsonlarga yöl qöygani uçun Içki işlar vazirligining transportdagi içki işlar boşqarmasi boşliği Ğafforov, Andijon viloyati içki işlar boşqarmasi boşliği Bobojonov, Toşkent viloyati içki işlar boşqarmasi boşliği Boboxöjayev egallab turgan lavozimlariga noloyiq deb topildi.











