Prezident Şavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni Buxoro neftni qayta işlaş zavodining joriy faoliyati va quvvatlarini kengaytiriş böyiça rejalar yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
1997-yilda işga tuşirilgan zavod yiliga 2,5 million tonna neft va gaz kondensatini qayta işlaş loyihaviy quvvatiga ega. Bu yerda avtobenzin, dizel yonilğisi, aviakerosin va boşqa turdagi neft mahsulotlari işlab çiqariladi. Zavodda 3,2 mingdan ziyod kişi mehnat qilmoqda.
Taqdimotda korxonaning işlab çiqariş va moliyaviy körsatkiçlari haqida axborot berildi. Joriy yilning töqqiz oyida 1,5 million tonnadan ziyod xomaşyo qayta işlanib, qariyb 1,5 million tonna neft mahsulotlari işlab çiqarilgan. Sof foyda 2,2 trillion sömni taşkil etgan.
Yil yakuniga qadar xomaşyoni qayta işlaş hajmini 2,17 million tonnaga, neft mahsulotlari işlab çiqarişni esa 2,12 million tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan.
Korxonani rivojlantirişning ustuvor yönalişlaridan biri işlab çiqarişni modernizatsiya qiliş va yuqori sifatli yoqilği turlarini özlaştirişdir.
Xususan, zavodda Yevro-5 ekologik standartiga javob beradigan AI-92 va AI-95 rusumli avtobenzin işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça qiymati 328 million dollarlik loyiha işlab çiqilgan. Uning doirasida mavjud texnologik jarayonlarni takomillaştiriş va yangi işlab çiqariş qurilmalarini barpo etiş közda tutilgan.
Loyiha amalga oşirilişi natijasida yiliga 1,1 million tonna Yevro-5 standartidagi avtobenzin işlab çiqariş imkoniyati yaratiladi. Şuningdek, import qilinadigan yoqilği qöşimçalari xarajatlaridan yiliga 150 million dollargaça mablağ tejalişi va 200 ta yangi iş örni taşkil etilişi kutilmoqda.
Rejaga köra, loyihani 2029-yilning ikkinçi çoragida işga tuşiriş möljallangan.
Taqdimotda zavodning işlab çiqariş quvvatlarini yanada kengaytiriş böyiça istiqbolli loyiha ham körib çiqildi.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, qiymati 1,8 milliard dollar bölgan uşbu loyiha doirasida neftni zamonaviy qayta işlaş va neft-kimyo texnologiyalarini joriy etiş, yangi texnologik qurilmalarni barpo qiliş rejalaştirilgan.
Natijada zavodda işlab çiqariladigan neft mahsulotlarining umumiy yillik hajmini hozirgi 2,1 million tonnadan 4,6 million tonnaga yetkaziş imkoniyati paydo böladi. Jumladan, avtobenzin işlab çiqariş 2,7 million tonnaga, dizel yonilğisi 1,24 million tonnaga, aviakerosin 500 ming tonnaga yetkazilişi közda tutilgan.













