Yangi Zelandiyada yana 200 ga yaqin qora delfin özini Janubiy oroli sohillariga otdi, deb xabar bermoqda Radio New Zealand radiostansiyasi.

Radiostansiya ma'lumotlariga köra, tabiiy zaxiralarni muhofaza qiliş departamenti xodimi Mayk Ougl bu voqea delfinlarni akula qörqitib yuborgani sababli yuz bergan bölişi mumkinligini aytgan.  

"Delfinlardan birining tanasida akula tişlaşidan qolgan kiçik, biroq yangi jarohatlar qolgan, şu sababli bu voqea uşbu holat bilan boğliq bölişi mumkin", deb aytgan Ougl.

10 fevralda ham 400 ta qora grind-delfinlari şu orol qirğoqlariga özini otgandi. Ulardan köpçiligi halok bölgan, biroq delfinlarni qutqariş operatsiyasida iştirok etgan volontyorlar 100 ga yaqin delfinni sayozlikdan dengizga qaytara olişgan. Kitsimonlar qirğoq yaqinida qolmoqdalar, qutqaruvçilar esa qayiqlarda ularga oçiq dengizga suzib ketişlari uçun töğri yönaliş körsatişga harakat qilmoqdalar.

Jahon yovvoyi tabiat jamğarmasining Rossiya dengiz dasturi rahbari Konstantin Zgurovskiyning aytişiça, delfinlar seysmorazvedka va harbiy kemalarning suv osti akustik tizimlaridan garang bölgan yetakçilari ortidan qirğoqqa taşlangan bölişlari mumkin.  

Yangi Zelandiya kit va delfinlar özlarini qirğoqqa otadigan joyga aylanmoqda. Olimlar hanuzgaça yer şarining turli burçaklarida vaqti-vaqti bilan sodir böladigan kitsimonlarning bunday ommaviy jonlariga qasd qilişlariga nima sabab bölayotganiga aniq javob bera olmayaptilar. Odatda, bir delfin özini qirğoqqa otganda, tödadagi boşqa delfinlar uni qutqarişga urinib, özlari ham nobud böladilar.