Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov «Mertler Watany beýgeldýär» (Mardlar şaraflaydi vatanni) nomli kitobini taqdim qildi. Bu kitob harbiylarga bağişlangan.
Turkmaniston televideniyesida xabar qilinişiça, prezidentning uşbu kitobining ilk nusxalari 17 fevral kuni prezidentning qasamyod qabul qiliş marosimidan keyin, marosimga taşrif buyurgan harbiy soha vakillariga topşirilgan.
Bu prezidentning joriy yil hisobidan birinçi kitobi sanaladi. Umuman olganda, Gurbanguli Berdimuhamedov 40ga yaqin hujjatli va badiiy kitoblar naşr qildirgan. Bundan taşqari, prezidentning nutqlari va undan keltirilgan iqtiboslar jamlangan risolalar çiqarilgan.
2016 yilning özida Turkmaniston prezidenti 7ta kitob yozdi, jumladan turkman gilamlari, çoyning foydasi, turkman tulporlari va Şukur baxşi haqida. U şuningdek, mustaqillikning 25 yilligiga bağişlangan "Turkmaniston" nomli kitobni ham naşr ettirgan. Prezident kitoblari adadi 6 mingtagaça böladi.
Qayd etiş kerakki, kitob yoziş Turkmaniston prezidenti qiziqişlaridan biri hisoblanadi. Prezident bölişidan oldin Berdimuhamedov stomatolog bölib işlagan, onkologiya, kompozitor, şoir, qöşiqçi, didjyeylikda özini sinab körgan, avtopoygalarda ğolib bölgan, mamlakatning birinçi raqamli çavandozi hisoblanadi.
Ötgan oyda, prezidentlik saylovi arafasidagi kampaniya davrida u saylovçilar bilan uçraşuv vaqtida özi yozgan qöşiqni kuylab bergandi.












