Muhammadjon ota harbiy xizmatdan qaytgan paytidan boşlab tulporlarga mehr qöygan va hozirga qadar otdan ajralmagan.
Ota qişloqdan yuqoriroqda, özi yaratgan boğda yaşaydi: keng dala, boğ, ayğir otlar bilan keksalik gaştini surmoqda.
Muhammadjon ota Turkmaniston yerlarida xizmat qilib yurgan kezlarida ilk bor otga mehri tuşganini aytadi. Keksa turkman polvoni bilan tanişişi uning otga qiziqişiga sabab bölgan.


Qahramonimiz birinçi marta Qirğizistondagi köpkarida qatnaşgan. Asta-sekin katta-katta davralarda uloq ajratib yurgan va vaqt ötib Çortoq tumanida, keyinçalik Namangan böylab nomdor polvon bölib tanilgan.
Çavandoz muvaffaqiyatlar ortidan Turkmaniston, Qozoğiston, Tojikiston va Qirğizistonda bölib ötadigan turnirlarga ham taklif etiladigan böldi. Tadbirlarda katta yutuqlarni qölga kiritib, qöşni respublikalarda ham nom çiqara boşladi. U Qirğiziston va Özbekiston çempioni unvonini ham qölga kiritgan.



Qahramonimiz özining eng yaxşi tulporini esga oldi, Muhammadjon Mamadaliyev nomi ham, egasiga mehri ham boşqaça bölgan oti haqida sözlab berdi – batafsil videokörsatuvimizda tomoşa qiling.
Otaxon hozir nafaqada. Şunday bölsa-da, köpkari ötkaziladigan marosimlardan heç qolmaydi. Tadbirlar oldidan bir bora özi uloq solib beradi. Otaxonning şu yoşda ham tetik va baquvvat yurişiga otga bölgan mehri sabab deb körsatadi.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz muxbiri,
Tasvirçi va montaj ustasi — Boymirza Xalilov.











