Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yadro fizikasi bilan shug‘ullanuvchi o‘zbekistonlik olim talabalar bilan uchrashdi

Fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi Tolib Musayevich Mo‘minov bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetida o‘tkazilgan uchrashuv sermazmun darslardan biriga aylandi. Bu haqda O‘zMU gazetasi muxbiri Ulug‘bek Usmonov xabar bermoqda.
Ustozning hayot yo‘li va ilmiy, pedagogik faoliyati ham bugungi yoshlar uchun o‘ziga xos ibrat maktabidir. Zero akademik faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli filmni katta qiziqish bilan kuzatgan talabalar o‘zlariga tegishli xulosalar chiqarib oldilar.
Tolib Mo‘minov 1965 yilda Samarqand davlat universitetini tugatgach, 1965-1979 yillarda SamDU va Birlashgan yadro tadqiqotlari institutida ilmiy xodim, 1979-1981 yillarda ToshDU (hozirgi O‘zMU)da laboratoriya mudiri, 1992-1995 yillarda SamDU rektori, 1981-1987 va 1995 yildan Amaliy fizika ilmiy tadqiqot instituti direktori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Fundamental va amaliy yadro fizikasiga oid ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanib kelayotgan atoqli olim Yadro spektraskopiyasi va radiatsion ekologiya fizikasi ilmiy maktabi asoschisi hisoblanadi. Uning rahbarligida eksperemental yadro fizikasi uchun bir necha noyob ilmiy qurilmalar (SB-50 betatroni, MT-22S mikrotroni, EG-2 ionlar tezlatkichi, IBM kuchli ion dastasi injyektori va boshqalar) yaratildi. Yaratilgan qurilmalar yordamida atom yadrosining xossalari, tezlashtirilgan elektronlar dastasining gaz muhitidan o‘tishi, yuqori energiyali gamma-kvantlar dastasining o‘ta kichik burchaklarga sochilishi va radioekologiyaga oid izlanishlar o‘tkazgan. Ustoz olim ayni paytda Fizika fakulteti Quyi energiyalar fizikasi kafedrasi professori lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Suhbat davomida fizik olim O‘zbekistonda ko‘plab muammolar yechimini ijobiy hal etishda ilm-fan, soha mutaxassislarining o‘rni haqida so‘z yuritar ekan, Prezidentning “O‘zimizdagi muammolarni o‘zimiz hal qilishimiz kerak, ularni birov chetdan kelib yechib bermaydi”, degan so‘zlarini alohida ta'kidladi.
Muloqot davomida talabalar bu mavzuda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senatning yangi tizimga e’tirozi, 103 xizmatida yangilik, hokimlarga yangi o‘rinbosar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi uchinchi muzokaralari yakunlandi
Jahon | 00:02
-
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi
Sport | 23:22 / 23.07.2025
-
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Jamiyat | 23:11 / 23.07.2025
Mavzuga oid

17:20 / 30.04.2025
O‘zMUdagi xalqaro konferensiyada O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi muhokama qilindi

17:29 / 28.02.2025
Amir Temur haqida risola yozib Sovet tuzumi tazyiqi ostida qolgan o‘zbek olimi – Ibrohim Mo‘minov

22:07 / 13.11.2024
Akademik Temurjon Nosirov 83 yoshida vafot etdi

13:57 / 13.07.2023