Kun.uz muxbiri AQŞga safari davomida Kaliforniya universiteti tibbiyot fakulteti professori, asli özbekistonlik Şarof Töğizov bilan suhbatlaşdi. 90-yillardagi turğunlik va ilm-fanga e’tiborsizlik ortidan AQŞga ketgan yoş olim, u yerda öz faoliyatini qaytadan boşlaydi hamda bugunga kelib virusologiya va yuqumli kasalliklar sohasi böyiça biologiya fanlari doktori, professor darajasiga yetgan. Şarof Töğizov, şuningdek, şifokor-virusolog, genno-injyener olim bölib, universitetning San-Fransiskodagi bölimida işlaydi.
— Aynan Özbekistonda akademik erkinlik yöqligiga nima sabab deb öylaysiz?
— Asosiy sabab demokratiyaga ötiş bölmayotgani. 90-yillar boşida barça sobiq ittifoq davlatlari demokratiyani tanladi, ammo 30 yildan oşdiki, demokratiyaga ötolmayapti. Demokratik davlatga yaqinlik degan gap ham bor, lekin bu unçalik töğri emas. Masalan, Janubiy Koreya heç qanday demokratik davlatga yaqin emas, lekin demokratiya işlab turibdi. Demokratiya bu — siyosiy erkinlik.
Demokratiya uçun birinçi galda erkin fikrlovçi siyosatşunos olimlar va ularga quloq soluvçi hukumat kerak. Va demokratik institutlar işlaşi lozim, şundagina özgariş böladi. Agar şu narsalar bölmasa, töxtab turaveradi. Dunyoda 60-70 foiz davlatda demokratiya işlamaydi, nomigagina demokratiya ular. Mahalliy hokimliklardan tortib sud tizimigaça erkin saylov bölişi kerak. Hokimliklar, parlament va sud tizimi bir-birini tiyib turuvçi bölişi kerak va aytganimizdek, buning uçun erkin saylov tizimi lozim.
Özbekistonga borganimda köp gaplaşaman xukumat doirasidagi odamlar bilan. Ularning hammasi biladi nima qiliş kerakligini aytişadi ham, lekin amalda heç narsa yöq. Bu xarakter faqat Özbekistonda emas, boşqa köpçilik davlatlarda ham şunday.
— Özbekistondagi olimlarning özi ham akademik erkinlikka harakat qilyaptimi?
— Bu böyiça aniq faktlarni bilmayman. Lekin şunisi ma’lumki, akademik erkinlik uçun avvalo qonun qabul qilinişi kerak, ya’ni xuquqiy asos lozim. Olimlarga xuquqiy kafolat bölmagaç, ular qörqadi va gapirolmaydi. Masalan, Özbekistonda Zarifboy Ibodullayev degan tibbiyot olimi bor. Pandemiya vaqtida vebinar qiliş taklifi bilan çiqqan menga, bir neçta vebinarlar qilganmiz u bilan. Öşa kişi köp qattiq tanqidlar qiladi sohasi böyiça, ta’lim böyiça. Özim bilgan bir vaziyatda uning tanqididan keyin işlab turgan joyidagi rahbariyat, hamkasblari unga har xil gaplari, «tanbeh»lari bilan bosim ötkazgandek böldi. Köryapsizmi, hali davlat organlari emas, öz atrofidagilar şu işni qilyapti. Bu deganiki, olimlar akademik erkinlikni tuşunmaydi. Amerikada bunday tanqidlar odatiy hol, heç kim taqiq qöymaydi. Bu yerda qaytaga gapirayotgan olimning iş joyi qöllab-quvvatlaydi bizning olim deb.














