Sovet tuzumning eng katta adolatsizligi şunda ediki, boşqa millatlarning, masalan özbeklarning tarixi, milliy qahramonlari va qadriyatlari haqida tadqiqot ötkaziş yoki oddiy qilib yoziş ham mumkin emasdi. Ammo rus xalqining “buyuk ötmişi” va qahramonlarini tinmay uluğlasa bölardi. Bu uçun hatto mukofotlar ham berişardi.

Uzoqqa bormaylik, Amir Temur, uning farzandlari va boşqa tarixiy şaxslarning hayotini xolis örganiş qat’iyan taqiqlangan tuzumda Petr I haqida bemalol tadqiqotlar ötkaziş, uni kökka kötarib, maqtab roman yoziş mumkin edi.

Sovet tuzumining noxolis siyosati Stalin vafotidan keyin ham davom etadi. 1960-yillarda ham özbek böladimi yoki boşqa millat vakili, öz tarixi va milliy qahramonlari haqida heç narsa yoza olmasdi.

Yöq, yoziş mumkin edi. Faqat Moskva xohlaganday qilib öz ajdodlarini yomonlab, tarixiy şaxslarni salbiy böyoqlarda tasvirlab yoziş mumkin edi. Xolis yoki maqtab yoziş mutlaqo mumkin emasdi. Mabodo kimdir “özboşimçalik” bilan şu işni qilsa, öşa odam kimligidan qat’i nazar sovetlar tayziqi ostida qolardi.

Ana şunday işlardan biri özbek akademik olimi, 1960-yillarning ikkinçi yarmida Özbek sovet ensiklopediyasi boş muharriri bölgan, Özbekistonda tarix va falsafa ilmida juda katta işlar qilgan Ibrohim Möminov bilan sodir böladi.

Olim 1968 yilda “Amir Temurning Örta Osiyo tarixida tutgan örni va roli” nomli risola yozib çop ettiradi va sovet tuzumining tazyiqlari ostida qoladi. Köp ötmay uni ensiklopediya boş muharrirligidan böşatişadi. Olim uçun sinovli kunlar boşlanadi. Oxir-oqibat Ibrohim Möminov vafot etadi.

Ha, tuzum Amir Temur haqida bor-yöği risola yozgan va hatto xorijiy davlatlarda ham taniqli bölgan olimning bevaqt ölimiga sabab böladi.

Ibrohim Möminov 1908 yil 7 noyabr kuni Buxoro viloyatining Şofirkon tumanida tuğiladi. Maktabdan söng u Buxorodagi institutda öqiydi. 1925 yildan maktabda öqituvçi bölib işlaydi. 1931 yilda Samarqanddagi Özbekiston Pedagogika akademiyasining tarix-falsafa yönalişini tugatadi. Samarqand davlat universitetining taşkil etilişida faol iştirok etadi, bir neça yil şu oliygohda turli vazifalarda işlaydi.

Ibrohim Möminov 1943 yilda Özbekiston SSR Fanlar akademiyasini taşkil etişda iştirok etadi va uning muxbir a’zosi etib saylanadi. Doktorlik dissertatsiyasini Moskvada Falsafa institutida himoya qiladi va Samarqandga qaytib 1955 yilgaça SamDUda falsafa kafedrasi mudiri sifatida işlaydi.

Olim 1955—1956-yillarda Özbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti direktori böladi. 1956 yilda akademik böladi va Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti etib saylanadi. U bu vazifada vafotigaça işlaydi.