Fransua Fiyon ayblovlarga qaramay, Fransiya prezidentligi uçun kuraşni davom ettirişi haqida ma'lum qildi.
«Men saylovdan öz nomzodimni olmayman. Men — nomzodman», — degan u öz çiqişida.
2016 yilning noyabrida Fiyon «Respublikaçilar» partiyasidan prezidentlik saylovida nomzod bölgandi.
U va uning xotini Penelopga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Penelopa Fiyon bilan boğliq mojaro u sakkiz yil davomida parlamentariy Fransua Fiyonning yordamçisi sifatida iş haqi olgani haqida xabarlar e'lon qilinganidan söng avj oldi. U parlamentariylar xizmatini tölaşga möljallangan jamğarmalardan mablağ olgan. Xuddi şunday ayblovlar Fiyonning ikki farzandiga ham tegişli böldi.
Avvalroq Fransua Fiyonning rafiqasi Penelopa Fiyon qölga olingani hamda qamoqqa joylaştirilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fiyon — saylovoldi poygasining favoritlaridan biri. Sörovnomalarga köra, saylovning birinçi turida katta ehtimol bilan «Milliy front» yetakçisi Marin Le Pen ğalaba qozonadi. Ikkinçi turda esa ğalaba Le Penning ikki asosiy raqibidan biri — Fiyon yoki Emmanuel Makronga nasib etişi taxmin qilinmoqda.










