Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9 mart kuni Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan Moskvada uçraşadi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati rasman ma'lum qildi.
«Ha», — deya javob bergan Dmitriy Peskov şu haqdagi savolga javoban.
Şu bilan birga u Moskvada uç tomonlama, ya'ni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan iştirokidagi uçraşuv ötkazilişi ehtimolini rad qilgan.
RIA Novosti agentligi ma'lumotiga köra, Moskvaga taşrifi davomida Netanyahu Suriya masalasini muhokama qilib, bu mintaqada Eron qanday vazifani bajarayotganini aniqlab olmoqçi. Isroil boş vaziri Eronning Suriyada mavqeini mustahkamlab olayotganidan taşviş bildirmoqda.
«Men Isroil bunga toqat qila olmasligini bildirmoqçiman. Umid qilamanki, biz bu borada bir fikrga kela olamiz», — degan Netanyahu.
Rossiya va Isroil rahbarlari Suriya masalasi xususida oxirgi bor 2016 yilning dekabrida muhokama ötkazişgandi. Uning yakunida Netanyahu agar Eron Suriyadan Isroilga hujum qilişda foydalanmasa, isroilliklar Suriyadagi jarayonga aralaşmasligiga va'da qilgandi.
Isroil doimiy ravişda Suriya hududiga artilleriya va aviatsiya orqali zarbalar berib kelmoqda. Bundan maqsad hududdagi «Hezbolloh» harakatiga zarar yetkaziş hisoblanadi. Rasmiy Tel-Aviv bu taşkilotni terrorçilik taşkiloti deb hisoblaydi, ammo «Hezbolloh» askarlari ayni vaqtda Suriya hukumatiga muxolif kuçlar bilan kuraşişda yordam körsatmoqda.













