Amerikalik golfçi Kodi Gribbl musobaqa vaqti alligatorni öyin maydonidan quvib çiqardi. Uşbu holat tasvirlangan video zum ötmay YouTube portalida paydo bölgan.
Yirtqiç Bey-Hill (Florida) şahrida ötkazilayotgan PGA Arnold Palmer Invitational seriyasidagi turnir vaqti suv qirğoğidan kelib qolgandi. Golfçi esa xotirjamlik bilan unga yaqinlaşgan va uni suvga tuşirib yuborgan.
Sportçining vajohatidan çöçib ketgan timsohning suvga sakraşdan boşqa iloji qolmagandi.










