Internetda yaguarning ulkan alligator bilan olişuvi tasvirlangan lavha paydo böldi.
Lavhada yaguar alligatorning tomoğidan tişlab olgani va raqiblar suvda bir oz vaqt olişişgani aks etgan. Alligator uni suv ostiga tortib ketişga urinadi, ammo yakunda yaguar ğolib çiqadi.
Braziliyadagi parklardan birida sodir bölgan bu voqeani Daniel Xanter tasvirga olgan. U jang ön beş daqiqaça davom etganini aytdi.
"Bu videoni körganlarning aksariyati yaguar suvda alligatorga qarşi kuraşda ğolib çiqqanidan hayratda ekanliklarini aytişdi. Töğrisini aytsam, men ham hayron qoldim", — dedi Xanter.











