Rossiyalik tadbirkorlar AQŞ prezidenti Donald Trampga tegişli bölgan nufuzli turar-joy majmuasida 98,4 mln yevrolik köçmas mulkni xarid qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga köra, gap Florida ştatidagi yettita osmonöpar binodagi turli köçmas mulk turlari haqida bormoqda. Körsatilgan kelişuvlar hammasi bölib 63 kişi tomonidan rasmiylaştirilgan, ular, agentlik aniqlik kiritişiça, Rossiya fuqarolari yoki Rossiya hududida istiqomat qiladi. 

Ta'kidlanişiça, ma'lumot agentlik jurnalistlari tomonidan ötkazilgan suriştiruvlar natijasida olingan.

Şu bilan birga, agentlik köçmas mulklar erkin savdoda bölgani hamda rossiyalik tadbirkorlar heç qanday qonunlarni buzmaganliklarini ta'kidlab ötgan. Qayd etilişiça, bu turar-joylarga egalik qiluvçi rossiyaliklar mamlakat rahbariyati bilan töğridan-töğri boğliq emas.

Trump Organization boş huquqşunosi Alan Garten uşbu holat yuzasidan öz fikrlarini bildirib ötdi. "Şuni aniq aytişim mumkinki, bu voqeaga OAV tomonidan juda katta e'tibor qaratilib yuborildi", - dedi u.

Oq uy agentlik tomonidan tarqatilgan bu ma'lumotlarga heç qanday izoh bermadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Rossiya bilan iş sohasida heç qanday aloqalarga ega emasligini bir neça bora ma'lum qilgandi. Uning ta'kidlaşiça, Rossiyada biznes bilan şuğullanmaydi hamda bu davlat banklaridan kreditlar olmagan.