Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman Suriya yahudiylar davlati samolyotlariga qarata öt oçgan taqdirda, mamlakat havo mudofaa tizimlariga hujum  qiliş bilan tahdid qildi. "Kol Israel" radiostansiyasi uning sözlarini keltirdi. 

Juma kunga ötar keçasi Isroil harbiy-havo kuçlari Suriya hududlaridagi maqsadlarga hujum qildi, şundan söng yerdan turib öqqa tutildi. 

Suriya armiyasi qömondonligi havo mudofaasi reydida iştirok etgan samolyotlardan birini urib tuşirişga muvaffaq bölganini ma'lum qildi. 

Isroilliklar özlarining yöqotişga uçraganini inkor qilib, raketaga qarşi mudofaa tizimi Suriya raketalaridan birini qölga olganini aytişmoqda. Zarb maqsadi sifatida Suriyada prezident Başar Asad tomonida jang qilayotgan Livanning "Hizbulloh" harakati jangarilarining qurolli ustuni keltirilmoqda.