Ötgan hafta mobaynida dunyoning barça burçaklarida öziga xos turli voqealar bölib ötdi. Ularning barçasi qiziqarli va diqqatga sazovordir. Ammo ana şu voqealar suratlar orqali qabul qilinsa, u yanada jonlanadi, yanada boyidi.

Kobulda Navröz bayrami munosabati bilan şar sotayotgan sotuvçi. Afğoniston, 2017 yilning 21 marti.

AQŞ Prezidenti Donald Tramp yuk maşinasi rulida. 2017 yilning 24 marti.

Terrorçilardan ozod etilgan ğarbiy Mösulning tumanlaridan biri. 2017 yilning 19 marti.

Katrin Blumen Bryusseldagi uyida joylaşgan kolleksiyasida. Uning kolleksiyasida 20 mingta öyinçoq bor. 2017 yilning 21 marti.

Siyosatçi Aleksey Navalniyga Barnauldaligida yaşil dori bilan hujum qilişdi. 2017 yilning 20 marti.

Janubiy Koreya qirğoqlarida 2014 yil çökib ketgan «Sevol» nomli kemani suv ostidan çiqariş operatsiyasi. 2017 yilning 23 marti.

Hongkongdagi tuman. 2017 yilning 20 marti.

Amerikalik milliarder Devid Rokfeller 101 yoşida olamdan ötdi. Devid Rokfeller — dunyodagi ilk dollar milliarderi, Standart Oil neft kompaniyasi asosçisi Jon Rokfellerning nabirasi edi.

Apple kompaniyasi ortiqça şovqin va tadbirsiz yangi rangdagi iPhone 7 hamda 7 Plus’ni taqdim etdi. Şuningdek kompaniya yangi planşet – iPad’ni ham namoyiş etdi.

Hindistonda yana bir noodatiy çaqaloq dunyoga keldi. Tibbiyot xodimlari bu holatga taşxis qöya olişmadi. Mahalliy aholi vakillari esa unga “Özga” deb nom qöyişdi.

Farğona viloyatining Quva tumanida istiqomat qiluvçi Şerzod Mirzayev bir neça yillardan buyon savat töqiş bilan şuğullanadi. Töqima savatlar ayni paytda foydalaniş uçun qulay va narxi arzondir.

Toyota kompaniyasi Sienna minivenini yangiladi, u aprel oyida Nyu-Yorkda taşkillaştiriladigan avtoşouda taqdim etiladi. Model taşqi qiyofasi biroz özgardi, şuningdek yangi xususiyatlarga ega böldi.

Ostonada Qozoğiston Respublikasi Mudofaa vaziri, general-polkovnik Saken Jasuzakov hamda Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbari general-polkovnik Qobul Berdiyev örtasida muzokaralar ötkazildi. Taşrif davomida Milliy mudofaa universitet hamda Özbekiston Respublikasi Qurolli kuçlari akademiyasi örtasida hamkorlik töğrisidagi Memorandum imzolandi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev respublikada işlab çiqariladigan Chevrolet Malibu avtomaşinasini boşqarişni xuş körişi tasdiqlandi. Davlat rahbari 25 mart kuni Toşkent şahridagi qurilişi tugallangan va rejalaştirilayotgan inşootlarni borib kördi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp tarafdorlarining Kaliforniya ştatidagi Xantington-Biç şahridagi namoyişi prezident tarafdolari va unga qarşi çiqayotganlarning ommaviy muştlaşuvi bilan tugadi.










