Toyota kompaniyasi Sienna minivenini yangiladi, u aprel oyida Nyu-Yorkda taşkillaştiriladigan avtoşouda taqdim etiladi. Model taşqi qiyofasi biroz özgardi, şuningdek yangi xususiyatlarga ega böldi.

Yangilangan venning taşqi qismi kuzovning oldi bilan ajralib turadi, u yerda kapot, radiator panjarasi hamda bamper özgartirildi. Şu bilan birga, ranglar soni ham uç variantga köpaydi.

Yangilikning yana bir öziga xos jihati – köp qatlamli old oyna hamda xavfsizlik va haydovçiga yordam tizimidir. U piyodalarni farqlaş, yöl qismi nazorati va uzoq çiroqni avtomatik ravişda öçirib-yoqiş funksiyalariga ham ega.

Şuningdek qöşimça haq evaziga venni navigatsiyaga ega Entune 3.0 multimedia majmuasi, Wi-Fi kiriş nuqtasi va JBL audiotizimi bilan jihozlaş ham mumkin. Bundan taşqari, orqadagi yölovçilar uçun 4,2 dyuymli displey taklif etiladi, salondagi USB-portlar umumiy soni esa beştani taşkil etadi.

Motordagi özgarişlar haqida heç narsa ma'lum emas. Yangilanmagan model AQŞda faqatgina 3,5 litrli 296 ot kuçiga ega V6 va sakkiz poğonali avtomat bilan taklif etiladi. 2018 Sienna sotuvlari 2017 yilning kuzidan boşlanadi.