Germaniyada Rur, Angliyada Liverpul derbisi, Portugaliya çempionni aniqlab beradigan yil uçraşuvi, Fransiyada ikki gigantning dastlabki sovrin uçun kuraşi. Bir söz bilan aytganda aprelning dastlabki uik-endi ajoyib uçraşuvlarga boy ötişi kutilmoqda. Tribuna.Uz beşta uçraşuvga batafsil töxtalib ötadi.
«Liverpul» - «Everton» (1 aprel, 16:30, UzReport, Matç! Futbol 1)
228-marta ötkazilayotgan derbida sönggi yillarda bir jamoaning yaqqol ustunligi közga taşlanmoqda. «Liverpul» sönggi 20ta derbining faqat bittasida «Everton»ga imkoniyatni boy bergan. 10ta uçraşuvda ğalaba qozongan. 9ta durang qayd etilgan.
Yöqotişlar
«Liverpul» tarkibida Jordan Henderson, Adam Lallana qa Deniyel Starrij iştirok eta olişmaydi. Uzoq yöl bosib kelgan Filippe Koutino va Roberto Firminoning maydonga tuşişi ham söroq ostida qolmoqda.
«Everton»da dahşatli jarohat olgan Şeymus Koulmendan taşqari Morgan Şnayderlin, Ramiro Funes Mori va Jyeyms Makkartilar bu uçraşuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.
«Benfika» - «Portu» (2 aprelga ötar keçasi, 00:30)
Agar bundan bir-ikki oy muqaddam Portugaliya çempionatida jadvaliga e'tibor qaratganingizda «Benfika»ning çempion bölişi aniqdek körinişi mumkin edi. Ammo primeyra yakuniga yetişi arafasida «Portu» fantastik davrni ötkazdi va endilikda ikkala jamoa örtasidagi farqi 1 oçkoni taşkil qilmoqda. Lissabonda keçadigan uçraşuv şubhasiz çempion nomini aniqlab beradigan uçraşuv böladi. Bir söz bilan aytganda aprelning dastlabki uik-endida Portugaliyada yil uçraşuvi bölib ötadi.
Ikkala jamoa ham çempionatning sönggi turida oçko yöqotişdi. Bungaça bölgan 4ta uçraşuvda ğalaba qozonişgandi. YeÇL 1/8 finalida musobaqa bilan xayrlaşgan jamoalar oldida faqatgina çempionlik uçun kuraş qolmoqda.
Fakt
Lissabonda ötgan sönggi ikki uçraşuvdan buyon «Portu» mağlubiyatga uçramayapti. Umuman olganda sönggi törtta uçraşuvdan buyon «Benfika» asosiy raqibini mağlubiyatga uçrata olmayapti.
«Şalke 04» - «Borussiya» D (1 aprel, 18:30, Matç! Futbol 3)
Derbilarga boy haftaning yana bir tarixiy qarama-qarşliklaridan biri bundesliga doirasida bölib ötadi. Rur derbisi öz tarixida 150-marta ötkazilmoqda. Bundesliga doirasida esa bu 90-qarama-qarşilik bölib tarixga kiradi.
Gelzenkirxenda keçgan sönggi olti uçraşuvning faqat ikkitasida «Şalke» ğalaba qozona olgan. Umuman bu derbining eng köp qayd etiladigan natijasi durang bölib kelmoqda. Sönggi ikki uçraşuvda Dortmundda ham «Şalke» uyida ham ğolib aniqlanmay qolgan.
Yöqotişlar
«Borussiya» tarkibida Marko Roys va Mario Gyottse uzoq vaqtga safdan çiqqan. «Şalke» tarkibida esa barça kutilgan futbolçilar asosiy tarkibda maydonga tuşişi kutilmoqda.
«Arsenal» - «Mançester Siti» (2 aprel, 20:00, UzReport, Matç TV, Matç! Futbol 1)
Turning markaziy uçraşuvi bilan 30-turga yakun yasaladi. Sönggi haftalarda muxlislarning keskin noroziligiga sabab bölayotgan Arsen Venger jamoasi uzoq yillik tanaffusdan keyin ilk marta YeÇL yöllanmasidan quruq qoliş xavfi ostida turibdi. Buni oldini oliş uçun jamoa yana bir mavsumni bir tekisda ötkaza olmayotgan grandlardan biri «Mançester Siti»ni mağlub etişi kerak böladi.
Jamoalarning Mançesterdagi birinçi davra uçraşuvida Gvardiola şogirdlari ğalaba qozongan. Bungaça mançesterliklar barça musobaqalarni qöşib hisoblaganda yetti uçraşuvda ğalaba qozona olişmagandi. «Mançester Siti» sönggi marta «Emireyts» 4 yil muqaddam, 2013 yilning yanvarida ğalaba qozongandi.
Yöqotişlar
«Arsenal» tarkibida darvozabon Petr Çex, hujumçi Lukas Pereslar jarohati sabab maydonga tuşa olmaydi. Santi Kasorlaning bu mavsumda boşqa maydonga tuşa olmasligi ança oldin aniq bölib ulgurgandi.
«Mançester Siti» tarkibida esa eski muammo Gabriel Jyezus va Ilkay Göndöğanning jarohati bor. Pablo Sabaleta, Rahim Sterling va Kevin de Bryuynening holati yaxşi ekanini Gvardiola ta'kidlagan bölsada, ularning asosiy tarkibda maydonga tuşişi söroq ostida qolmoqda.
«PSJ» - «Monako» (1 aprel, 23:55)
Bu haftada çempionat öyinlaridanda markaziy uçraşuv bor. Ya'ni bu haftada Fransiya Liga kubogi finali bölib ötadi. Çempionlik uçun kuraş olib borayotgan ikki jamoa Liga kubogini ham qölga kiritişini aniqlab berişadi.
Ikki jamoa örtasidagi sönggi uç uçraşuvdan buyon «PSJ» ğalaba qozona olmayapti. Ammo ikkala jamoaning kuboklardagi sönggi uç töqnaşuviga e'tibor qaratadigan bölsak, uç uçraşuvda ham parijliklarning qöli baland kelganini körişimiz mumkin. 2008 yilda bölib ötgan Liga kubogi uçraşuvida «PSJ» «Monako»dan kiçik hisobda ustun kelgan . Bu ikki jamoaning Liga kubogidagi hozirgaça bölgan yagona töqnaşuvi hisoblanadi.
Yöqotişlar
«Monako» final oldidan jiddiy yöqotişlarga uçragan. Jamoaning asosiy hujumçisi Radamel Falkao bu uçraşuvda iştirok eta olmaydi. Şuningdek öng qanot himoyaçisi Jibril Sidibe ham jarohati sabab muhim uçraşuvni ötkazib yuborişiga töğri keladi. Fabinoning maydonga tuşişi ham söroq ostida qolmoqda.
Parijliklar tarkibida Markinos va Blez Matyuidining maydonga tuşişi söroq ostida qolmoqda. Şuningdek, Belgiya terma jamoasi tarkibida sönggi uçraşuvlarni ötkazib yuborgan Tomas Menening holati ham noaniq bölib qolmoqda.
«Napoli» - «Yuventus» (2 aprel, 23:45, Sport, Matç! Futbol 2)
Italiya çempionatining yana bir klasiko janridagi uçraşuvlaridan biri bu haftada Neapolda bölib ötişi kutilmoqda. «Napoli» A seriyada «Yuventus»ni quvib yetişi deyarli imkonsiz bölib qolgan, ammo YeÇLga töğridan-töğri yöllanma beradigan 2-örin uçun bu uçraşuvda ğalaba qozonişi juda muhim.
Ikkala jamoaning sönggi uç uçraşuvidan buyon faqat «Yuventus»ning qöli baland kelmoqda. Neapolda bölib ötgan sönggi uç uçraşuvning ikkitasida «Napoli»ning qöli baland kelgan. Jamoalar bu mavsumda yana bir bor uçraşadi. Italiya Kubogi yarim finali doirasidagi javob uçraşuvida «Napoli» mezbonlik qiladigan uçraşuvda mezbonlar 1:3 hisobidagi mağlubiyatni yöqqa çiqarişga harakat qilib köradi.











