Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga taşrifi ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar uçun yangi syurpriz hozirlamayapti, bu taşrif Toşkentning Moskva tomon tezroq intilişiga sabab bölmaydi, degan RIA Novosti tomonidan söralgan ekspertlar.

Ilgariroq Kreml matbuot xizmati Mirziyoyev 4–5 aprel kunlari ilk bor Rossiyaga davlat taşrifi bilan kelişini ma'lum qilgan edi. "5 aprel kuni ötkaziladigan oliy darajadagi muzokaralar mobaynida ikki tomonlama munosabatlarning muhim masalalari muhokama etilib, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ilmiy sohalarda özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantiriş çoralarini belgilab oliş", şuningdek, "bir qator xalqaro va mintaqaviy dolzarb muammolar böyiça fikr almaşiş" möljallanmoqda.

Davlat taşrifi — bu xorijiy davlatlar vakillarining Rossiya Federatsiyasiga rasmiy taşriflarining oliy darajasi hisoblanadi. Bu taşrif davlat rahbarlari darajasida amalga oşiriladi va köp hollarda ularning lavozimdagi davrida bir martagina amalga oşiriladi.

Syurprizlar bölmaydi

Mamlakatning birinçi prezidenti vafot etgaç, Toşkentning taşqi siyosatdagi yönalişi belgilanişini köp kutişga töğri kelgani yöq va sensatsiya ham röy bermadi. Sentyabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Karimovning dafn marosimida qatnaşgan boş vazir Dmitriy Medvedev bilan uçraşuvlari çoğida Mirziyoyev nima bölganda ham, Rossiya yönalişida hammasi avvalgidek qolişini bildirgan edi. Öşanda bölajak prezident Özbekiston uçun Rossiya bilan munosabatlar "strategik şerikçilik, ittifoqçilikka asoslangani, şunday ekani va şunday bölib qolişi"ni bildirib ötgan edi.

Ekspertlarning fikriça Mirziyoyevning Moskvaga taşrifi mobaynida ham syurprizlar kutilmaydi. "Mirziyoyev Karimov siyosatining asosiy, strategik jihatlariga rioya qilişini bildirib ötgan... Şu sababli, Rossiya va Özbekiston örtasidagi yanada barqaror munosabatlardan umid qilaveriş mumkin", — degan RIA Novosti bilan suhbatda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Tahliliy markazi direktori Andrey Kazantsev.

Biroq, uning fikriça, Toşkent Rossiya tomonidan taklif etiladigan integratsion uyuşmalarda qatnaşişdan ehtiyotlik bilan özini tortib turadi. Gap Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) kabilar haqida bormoqda. " Özbekistonning Rossiya tomon ildamroq intilişi, Qozoğiston darajasidagi strategik şerikka aylanişini kutişdan ma'ni yöq. Bu masalada, fikrimça, qandaydir ortiqça umidlarga berilmaslik kerak", — degan ekspert.

Yevroosiyo tahliliy klubi rahbari, Xalqaro masalalar böyiça Rossiya kengaşi eksperti Nikita Mendkoviç ham yuqoridagi fikrlarga qöşiladi.

"Yaqin orada Özbekiston siyosatida qandaydir radikal özgarişlarni kutmayapman, çunki strategik yönalişlar darajasida amaldagi prezident eski siyosatni qöllaşda bardavom. Ya'ni, Rossiya bilan ma'lum bir munosabatlar darajasini saqlagan holda, u uzoq xorij davlatlari bilan aloqalardan ham töliq voz keçmasligi aniq", — dedi u  RIA Novosti’ga.

"Fikrimça, Rossiyaga joriy taşrifi davomida Özbekiston prezidenti Moskva bilan munosabatlarning ma'lum darajasini saqlab qoliş niyati va iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida hamkorlikning mavjud körinişlarini asrab qoliş xohişini namoyon etsa kerak", — deya qöşimça qilgan Mendkoviç.

Terrorçilikka qarşi kuraşda muhim şerik

Bir tomondan döstlik haqida gapirib, boşqa tomondan öta yaqin integratsiyaga şoşilmaydigan şerik bilan nima borasida kelişiş mumkin? Ekspertlarning fikriça, xavfsizlik masalalari eng birinçi navbatda bölmoği lozim.

"Strategik sohada Özbekiston juda muhim hamkor, çunki u Markaziy Osiyoning qoq markazidan joy egallagan. Biroq u yerda Afğoniston va Yaqin Şarqdagi oğir vaziyatlar tufayli köplab xatar va tahdidlar mavjud", — deya ta'kidladi Kazantsev.

"Özbekiston hukumati yillar mobaynida öz hududida ekstremizmga qarşi faol kuraş olib bormoqda va bu bilan minataqaning barqarorlaşuvi va Afğoniston bilan çegaralarning mustahkam bölişiga erişib kelmoqda. Bu nuqtai nazarda Özbekiston — avvalo xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga qarşi kuraşda barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlovçi şerik hisoblanadi", — dedi u.

Mendkoviçning fikriça, umumiy tutaşuv nuqtalari haqida gapirilsa, gap avvalo xavfsizlik masalalariga borib taqaladi.

"Hanuzgaça biz afğon tahdidini — Afğoniston hududidan kelayotgan ekstremizm va terrorizm xavfini bartaraf eta olganimiz yöq, bu masalada Markaziy Osiyoning Afğoniston bilan çegaradoş davlatlarining barçasi bahamjihat hamkorlik qilmoği zarur. Ular sirasiga, albatta, Özbekiston ham kiradi. Bu masalada muloqot va harakatlarni muvofiqlaştiriş, çegaralarni himoya qiliş uçun birgalikdagi qandaydir çoralar talab etiladi", — dedi u.

Iqtisodiy realizm

Şubhasiz, Mirziyoyevning Moskvaga taşrifi davomida iqtisodiyot masalalari ham muhokama etiladi. Kutilişiça, taşrif yakunlari böyiça hukumatlararo, idoralararo va tijoratga oid hujjatlar imzolanadi.

Lekin ilgariroq Özbekiston Rossiya bilan 2016 yilda 2015 yildagiga nisbatan 5 foizga — 4,2 milliard AQŞ dollarigaça kamaygan tovar aylanmasi hajmini sezilarli oşiriş haqida bayonot bergan edi. Özbekiston boş vaziri örinbosari Rustam Azimov özbek korxonalari RFga yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, kimyo va neft-kimyo mahsulotlari, tekstil va çarm-poyafzal mahsulotlari, maişiy texnika, kabel-ötkazgiç mahsulotlari, quriliş materiallari yetkazişni sezilarli tarzda oşirişi mumkinligi haqida gapirgan edi.

Uning sözlariga köra, Özbekiston, öz navbatida, Rossiyadan işlab çiqariş-texnik maqsadlardagi mahsulotlar, jumladan, neft, metall prokati va quvurlar, taxta va yoğoç mahsulotlari, turli mexanik va elektr uskunalari, kimyoviy sanoat mahsulotlari, qoğoz mahsulotlari, farmatsevtik preparatlar, maxsus transport vositalari va boşqalarni xarid qilişga tayyor.

Rossiya Federatsiyasi hukumati matbuot xizmati Özbekiston MDH mintaqasida Rossiyaning asosiy savdo-iqtisodiy şeriklaridan biri hisoblanişini aytib ötgan edi. "Rossiya Federatsiyasi 2016 yil yakunlariga köra, taşqi savdo aylanmasidagi 17,2 foiz uluşi bilan Özbekistonning barça savdo şeriklari içida ikkinçi örinni egallaydi. Noqulay taşqi kon'yunkturaga qaramasdan, 2016 yilda davlatlar ikki tomonlama savdoning tabiiy hajmini saqlab qolişga, bir qator ba'zi sohalarda esa sezilarli ösişga ham erişgan", — deyiladi xabarda.

Ikki mamlakat energetika sohasida ham faol hamkorlik qilmoqda. RF vazirlar mahkamasi matbuot xizmatining xabariga köra, umumiy investitsiyalari hajmi 5 milliard dollar bölgan "LUKOYL" Özbekistondagi eng yirik xorijiy investor hisoblanadi.

Bundan taşqari, Rossiyaning boşqa bir kompaniyasi — "Gazprom" yaqinda Özbekistondan keyingi beş yilda tabiiy gaz xarid qiliş böyiça Toşkent bilan kelişuvga erişgan. Ilgariroq, "Gazprom" 2016 yil yakunlariga köra sotib olingan 6,2 milliard metr kub gaz örniga 2017 yilda 5 milliard metr kub sotib olişi xabar qilingan edi. Gas Project Development Central Asia (Gazprom International’ning şö'ba strukturasi) va Özbekneftgazning yana bir loyihasi doirasida Ustyurtdagi konlardan gaz qazib olişni boşlaş rejalaştirilmoqda. Loyihaga köra, yaqin 10 yil içida 1,5 milliard metr kub gaz va 76 ming tonna kondensat qazib oliş quvvatlari yaratiladi. Inverstitsiyalar hajmi 700 million AQŞ dollarini taşkil etişi mumkin.