Bloomberg agentligiga Kremlga yaqin manbaning maʼlum qilişiça, bölib ötgan muzokaralar davomida Rossiya ham, Ukraina ham öz pozitsiyasini özgartirmagan. Manbaning taʼkidlaşiça, Stiven Uitkoff va Jared Kuşnerning Moskvaga taşrifi hamda u yerda Vladimir Putin bilan yana ikki soat davom etgan suhbati şunçaki «odob yuzasidan uyuştirilgan taşrif»dan nariga ötmadi.

Abu-Dabidagi muzokaralarning ikki bosqiçi yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida Kuşner Moskva bilan Kiev örtasida «jiddiy kelişmovçiliklar saqlanib qolayotgani»ni va tomonlar aro işonç yöqligini eʼtirof etdi. U hududiy masalani «eng murakkab masala» deb atadi va uni hal qilmay turib, Yevropada «yangi xavfsizlik arxitekturasi» haqida bitim imzolab bölmasligini taʼkidladi.

Uitkoff va Kuşner bilan uçraşuv avvalida Vladimir Putin tomonlarni ajratib turuvçi çiziq faqat «davlat çegarasi» bölişi mumkinligini aytib, Ukrainaga har qanday tinçlikparvar kontingent kiritilişini yana bir bor rad etdi. «Biz eng boşidanoq Ukraina hududida xorijiy qöşinlarning har qanday körinişda bölişi biz uçun mutlaqo qabul qilib bölmas holat ekanini bildirganmiz. Çunki bu Rossiya Federatsiyasi xavfsizligiga tahdid soladi, deb hisoblaymiz», - dedi Putin.

Rossiyaning Abu-Dabidagi delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy bir kun avval Kreml Ukrainaning yanada köproq yerlarini egallab oliş niyatida ekanidan ogohlantirdi. «Yerlarimizning har bir qariçi Rossiyaga qaytariladi», çegaraoldi hududlardagi «bufer zona» esa kengaytirib boriladi», dedi Medinskiy.

Rossiya va Ukraina vakillari sönggi 9 oy içida ilk bor uçraşgan Abu-Dabidagi muzokaralar keskin va vaqti-vaqti bilan his-tuyğularga berilgan holda ötdi, deb xabar qildi uçraşuvda şaxsan qatnaşgan manba Axios naşriga. Uning aytişiça, har ikki tomon ham eʼtirozlar bildirgan, Uitkoff bilan Kuşner esa uçraşuvning maqsadi ikki davlat yetakçilari uçun muqobil yeçimlarni işlab çiqişdan iborat ekanini tuşuntirib, «vaziyatni yumşatişga» uringan.

Axios manbalariga köra, amerikaliklar Rossiyaga nafaqat Moskvaning talablarini, balki unga javoban «özaro muvozanatli qadamlar» - keskinlikni yumşatiş va hujum qilmaslik kafolatlarini ham öz içiga olgan yangi «Yevropa xavfsizligi arxitekturasi» rejasini işlab çiqişni taklif qilgan.