Uber taksi xizmati ilk bor moliyaviy körsatkiçlarini oşkor qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi. Ma'lumotlarga köra, taksi xizmati körsatuvçi kompaniya 2016 yilni 6,5 mlrd dollarlik tuşum olgan holda, 2,8 mlrd dollarlik sof ziyon bilan yakunlagan.
Uber vakillarining aytişiça, 2016 yilda buyurtmalar hajmi 2 martadan köproqqa oşgan va 20 mlrd dollarga yetgan. Bu körsatkiç butun taşişlarning umumiy qiymatini körsatadi. Kompaniyada ta'kidlanişiça, ösiş sur'atlariga köra daromadlar yöqotişlarni ortda qoldirgan.
Uber’ning sof ziyoni Xitoydagi bölinmasi hisobga olinmagan holda, 2,8 mlrd dollarni taşkil qilgan. Kompaniyaning Xitoydagi bölinmasi 2016 yil yozida mahalliy raqobatçi – Xitoyning eng yirik taksi xizmati Didi Çuxinğga sotib yuborilgandi.
Uber’da tuşuntirilişiça, tuşum öz içiga narxlardan olinadigan bir qism daromadlarni oladi. Bundan birgalikda safarlar uçun UberPool xizmatidan olingan buyurtmalar istisnodir, bu holatda kompaniya safar uçun olingan butun haqni daromad sifatida hisoblaydi. Kompaniya buyurtmalar hajmidan qança uluşini tuşumga qöşişi ma'lum qilinmagan. Şu tariqa, UberPool auditoriyasi qança köp bölsa, daromad ham şunça köp böladi.
Ziyonlarga xodimlarga bonuslar, köçmas mulkka xarajatlar, avtomobillarni xarid qiliş va ba'zi boşqa xarajatlar kirmaydi.
Hozirda Uber investorlar tomondan 69 mlrd dollarga baholanadi. Kompaniya 75 ta davlatda işlaydi. Ayni vaqtda kompaniya ixtiyorida 7 mlrd dollar öz mablaği hamda işlatilmagan 2,3 mlrd dollarlik kredit mavjud. Kompaniya butun faoliyati davomida kamida 8 mlrd dollar sarflagan.












