«Barselona» hujumçisi Neymar Primeraning 33-turida «Real»ga qarşi ötadigan öyinni ötkazib yuboradi. Bu haqda kataloniyaliklar klubi matbuot xizmati rasman xabar bergan.
Xabarda aytilişiça, Ispaniya Sport tribunali (TAD) öyin boşlanişiga 12 soat vaqt qolganida «Barselona» tomonidan Neymarning diskvalifikatsiyasi böyiça apellyatsiyasini rad etgan.
Bundan avvalroq, TAD şanba kuni «Barselona»ning Neymar işi böyiça murojaatini körib çiqişi xabar qilingandi.
Biroq, sud mahkamasi vaqtida ötkazilmay qolgani tufayli, iş hal bölmadi. Şuning uçun ham, «Barselona» tavakkal qilib ötirmadi va 0:3 hisobidagi texnik mağlubiyatga uçramaslik uçun Neymarni öyin zayavkasiga kiritmadi.
Braziliyalik uşbu futbolçi «Malaga»ga qarşi uçraşuv vaqtida hakam yordamçisiga nisbatan sportga xos bölmagan harakat qöllagani uçun 3 öyinga diskvalifikatsiya qilingandi.
«Real» — «Barselona» bahsi bugun, 23 aprel kuni Toşkent vaqti bilan soat 23:45da «Santyago Bernabeu» stadionida boşlanadi.












