Angliya Premer-ligasining 34-turida «Liverpul» öz maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qildi va 1:2 hisobida yutqazdi.

Öyinning 24-daqiqasida mersisaydliklar jamoasi Filippe Koutinoning jarima zarbasini golga aylantirişidan keyin oldinga çiqib oldi. Ammo jamoaning sobiq futbolçisi, ayni vaqtda «Kristal Pelas» safida öynayotgan Kristian Benteke 42 va 74-daqiqalarda urgan gollar Sem Ellardays şogirdlariga ğalaba keltirdi. Qayd etiş kerakki, «Kristal Pelas» şu oy davomida turnir yetakçilari «Çelsi» hamda «Arsenal» jamoalarini 2:1 hamda 3:0 hisoblarida yenggandi.

Endilikda «Liverpul» 66 oçko bilan Angliya çempionati turnir jadvalida uçinçi örinda joylaşgan. «Kristal Pelas» 38 oçkosi bilan 12-poğonada.

Angliya çempionati, 33-tur

Liverpul – Kristal Pelas 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 24 Koutino, 1:1 – 42 Benteke, 1:2 – 74 Benteke.
Liverpul – Minole, Matip, Klayn (Gruyiç, 84), Lovren (Aleksander-Arnold, 79), Milner (Moreno, 82), Djan, Veynaldum, Koutino, Leyva, Firmino, Origi.
Kristal Pelas – Xennessi, Tomkins, Kelli, Uord, Kabay (Dileyni, 83), Milivoyeviç, Taunsend, Pançon, Zaa (van Anxolt, 78), Şlupp, Benteke (Kempbell, 88).
Ogohlantirişlar: Benteke (40), Milivoyeviç (60), Gruyiç (89).